2018 yilning avgust oyida Mobil aloqa operatorlari tomonidan qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlari foydalanishga qabul qilindi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspektsiyaning qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan Inspektsiyaning Surxondaryo viloyati hududiy inspektsiyasi mutaxassislari 2018 yilning avgust oyida mobil aloqa operatorlarining Surxondaryo viloyatidagi qurilishi tugallangan ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etishdi. Topshirilgan hujjatlar to‘plamini tahlil qilish hamda joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

Mobil aloqa operatorlari kamchiliklarni bartaraf etgach, vakolatli organlarning xulosalariga asosan jami 24 ta ob’ekt foydalanishga qabul qilindi.

Mobil aloqa operatorlari (MCHJ shakldagi “COSCOM” XK, “UNITEL” MCHJ, “UMS” MCHJ ва O‘zbektelekom AK “O‘zmobayl” filiali) tomonidan shu kabi telekommunikatsiya ob’ektlarini ishga tushirilishi iste’molchilarga sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatilish imkoniyatini yaratadi.

Xususan Termiz, Angor, Sherobod, Qumqurg’on, Uzun va Sariosiyo tumanlarida aloqa qamrovi kengayib, Internet tezligi sezilarli darajada yaxshilandi.

www.press-service.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi hukumat portali

Infosec.uz

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi

www.mitc.uz

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi