Andijonda mobil aloqa tarmoqlari kengaymoqda

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishlariga asosan Andijon viloyati hududiy inspeksiyasi joriy yilning sentabr oyida Ucell va Beeline mobil aloqa operatorlarining Andijon viloyatidagi qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etdi.

Komissiya xulosasiga asosan Ucell mobil aloqa operatorining 5 ta 4G  texnologiyasida xizmat ko‘rsatuvchi va Beeline mobil operatorining 2 ta 3G texnologiyasida xizmat ko‘rsatuvchi qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlari foydalanishga qabul qilindi.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan shu kabi telekommunikatsiya ob’ektlarini ishga tushirilishi iste’molchilarga sifatli aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bir qatorda yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi.

www.press-service.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi hukumat portali

Infosec.uz

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi

www.mitc.uz

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi