Asosli murojaatlar qanoatlantirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoniga ko‘ra tashkil etilgan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning xalq bilan doimiy muloqot qilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida xolislik tamoyillari asosida ko‘rib chiqilishi, mansabdor shaxslar mas’uliyatini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Ammo, bazi hollarda mansabdor shaxslar mas’uliyatsizligi sababli iste’molchilarning murojaatlari belgilangan tartibda ijobiy hal etilmaganligi kuzatilmoqda.

Masalan: Buxoro shahar, Omad ko‘chasida yashovchi “Ucell” kompaniyasining abonenti bo’lgan fuqaro S.Mning uning hisobidan asossiz pul yechib olinayotganligi sababli norozi bo‘lib qilgan murojaati yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida olingan ma’lumotlar tekshirilganda kompaniya tomonidan internet trafigi hisoblanishida hatolikka yo’l qo’yilganligi ma’lum bo‘ldi. Abonentning hisobidan noto‘g‘ri yechib olingan 28417 so‘m mablag‘ hamda undan keyin hisoblab olingan mablag‘ bilan birga jami 67570 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i kompaniya tomonidan qayta hisob-kitob qilinib, S.Mning telefon raqami hisobiga ko‘chirib berildi va tarif rejasi bo‘yicha belgilangan mablag‘ asosida limitlar taqdim etildi.

Aholini o‘ylantirayotgan masalalar, sarsonu ovoragarchiliklarga sabab bo‘layotgan muammolarga yechim topilayotganligi quvonarli holat.
Shunday ekan, barchamizga bildirilayotgan ishonchni suiste’mol qilmaylik.

www.press-service.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi hukumat portali

Infosec.uz

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi

www.mitc.uz

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi