Murojaatlarning kelib chiqishining oldini olish yuzasidan Toshkent viloyatida yig‘ilish o‘tkazildi

“O‘zbekiston pochtasi” AJ Toshkent filiali tomonidan taqdim etilayotgan pochta aloqasi xizmatlari sifati hamda kelib tushgan murojaatlar va ularning oldini olish bo’yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning Toshkent viloyati hududiy inspeksiyasi va Toshkent filiali rahbarlari hamda filialning barcha tumanlararo pochta aloqa bog‘lamalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida 2018 yil 16 iyul kuni yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda pochta aloqasi xizmatlari sifati yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili bo‘yicha hisobotlar berildi hamda kelgusida murojaatlarning kelib chiqishining oldini olish, pochta jo’natmalarining etkazilishda nazorat muddatlariga rioya etilishi, pul o’tkazmalarini qabul qilish va topshirishda belgilangan xujjat talablariga rioya qilish yuzasidan barcha zaruriy choralarni ko‘rish to‘g‘risida tumanlararo pochta aloqasi bog‘lamalari rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek yig’ilish qatnashchilariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 martdagi 185-sonli qaroriga asosan pochta aloqasi xizmatlari sifatining buzilganligi yuzasidan qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Toshkent filiali rahbariyati kelgusida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga doir murojaatlarning kelib chiqishining oldini olish yuzasidan sustkashlikga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlariga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi to‘g‘risida o’z hodimlarini ogohlantirdi.

www.press-service.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi hukumat portali

Infosec.uz

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi

www.mitc.uz

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi