Mutaxassislarimiz nufuzli xalqaro tanlovda uchinchi o’rinni qo’lga kiritishdi

2018 yilning 15 va 16 may kunlari Moskva xalqaro savdo markazida VIII (sakkizinchi) amaliy xavfsizlik masalalari bo’yicha “Positive Hack Days” xalqaro forumi bo’lib o’tdi. “Positive Technologies” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu anjumanda kiberhimoya bo’yicha yetuk mutaxassislar va xakerlik olamining elitasi, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat tuzilmalari hamda yirik biznes vakillari va yosh olimlar jam bo’lishdi.

Amaliy xavfsizlik masalalari bo’yicha “Positive Hack Days” sakkizinchi xalqaro forumining kun tartibidagi iqtisodiyotni raqamlashtirishda davlat va regulyatorlarning roli; moliyaviy texnologiyalarning dijitallashuvi (raqamlashtirilishi); o’ta muhim axborot infratuzilmasining xavfsizligi hamda axborot xavfsizligi xatarlarini kamaytirish va nazorat qilish bo’yicha choralar, jismoniy xavfsizlikni ta’minlashning uslublari va vositalari bo’yicha muhokamalar bo’lib o’tdi.

Alohida ta’kidlash joizki, Axborot va jamoat xavfsizligi markazi mutaxassislari 15 daqiqada himoya vositalarini aylanib o’tib, bankomatni buzish va qurilmadan pullarni yechib olish vazifasi qo’yilgan “Leave ATM Alone” nomli individual tanlovda ishtirok etishdilar. Shuningdek, ushbu tanlovda turli mamlakat vakillari qatnashdilar. O’tkazilgan individual tanlov natijalariga ko’ra, Markaz mutaxassislari sharafli uchinchi o’rinni qo’lga kiritishdi.

Ta’kidlash lozimki, Amaliy xavfsizlik masalalari bo’yicha Positive Hack Days – xalqaro forumidarossiyalik va xorijiy ishlanmalar bo’yicha mutaxassislar,
AX-ekspertlari va xakerlar ishtirok etishadi. Davlat hokimiyati vakillari, yirik mahalliy va chet el kompaniyalari, banklar, telekommunikatsiya, neftь va gaz ishlab chiqaruvchi va IT-kompaniyalarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida ochiq va yopiq formatda davra suhbatlari, shuningdek, mahorat darslari va laborotoriya praktikumlari o’tkazib kelinadi.

Forum butun hamjamiyatning manfaatlarini inobatga oladi va axborot xavfsizligining axborot tizimlariga zarar yetkazish sva amaliy xavfsizlik uslublari ohasidagi innovatsiyalar; Internet-narsalar asrida axborot xavfsizligi masalasiga nisbatan yondashuvlar; o’ta muhim infratuzilmalarning himoyasi; axborot resurslarining jismoniy xavfsizligini tashkillashtirish; firibgarlik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash; axborot xavfsizligi hodisalarini aniqlash va tadqiq qilish; AX-mahsulotlari yaratish va takomillashtirish; dasturiy ta’minotlarni xavfsiz ravishda ishlab chiqish uslublarini rivojlantirish (SSDL).

www.press-service.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi hukumat portali

Infosec.uz

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi

www.mitc.uz

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi