Nizom

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha inspektsiya to’g’risida

NIZOM

I-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo’yicha inspektsiyaning (keyingi o’rinlarda Inspektsiya deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, javobgarligini va faoliyatining tashkiliy asoslarini, shuningdek, rahbarlarining funktsional vazifalarini belgilaydi.
  2. Inspektsiya aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish va mualliflik huquqlari sohasida fonogrammalar, audiovizual asarlar, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o’rinlarda EHM deb ataladi) uchun dasturlar tarqatilishida qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
  3. Inspektsiya O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o’rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiga kiradi.
  4. Inspektsiya o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiva qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Butunjahon pochta ittifoqi Konventsiyasiga va Bitimiga, Xalqaro elektraloqa ittifoqi tavsiyalariga, Vazirlik hay’ati qarorlariga, Vazirlikning buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  5. Inspektsiyaning o’z vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlari aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarini tarqatish, audiovizual asarlar, fonogrammalar, EHM uchun dasturlarni (sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga etkazish) tarqatish sohasida faoliyat yurituvchi barcha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
  6. Inspektsiyaga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, boshqa tashkilot va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan nazorat qilish, monitoring olib borish va o’rganish vakolati berilgan.

Inspektsiyaning davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, boshqa tashkilot va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan amalga oshirilgan nazorat, o’rganish va monitoring yakunlari bo’yicha xulosalari Vazirlik tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi.

  1. Inspektsiya yuridik shaxs hisoblanadi, o’zining mustaqil balansiga, O’zbekiston Respublikasining bank muassasalarida hisob raqamiga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi davlat tilida ёzilgan muhrga ega.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspektsiyalari yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda o’z faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

  1. Inspektsiyaning rasmiy nomi:
  2. a) davlat tilida:

to’liq nomi — O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha inspektsiya, qisqartmasi — O’zaloqanazorat;

  1. b) rus tilida:

to’liq nomi — Inspektsiya po kontrolyu v sfere svyazi, informatizatsii i telekommunikatsionnыx texnologiy pri Ministerstve po razvitiyu informatsionnыx texnologiy i kommunikatsiy Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Uzsvyazьkontrolь;

  1. v) ingliz tilida:

to’liq nomi — The Inspection of control in the field of communication, informatization and telecommunication technologies under the Ministry for development of information technologies and communications of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — Uzcomcontrol.

2-bob. Inspektsiya tuzilmasi

  1. Inspektsiya tuzilmasiga:

markaziy apparat;

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspektsiyalari kiradi.

Inspektsiya boshlig’iga, zarurat bo’lganda, Vazirlik bilan kelishilgan holda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Inspektsiyaning tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga o’zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

3-bob. Inspektsiyaning, markaziy apparat va hududiy inspektsiyalarning vazifalari va funktsiyalari

1-§. Inspektsiyaning vazifa va funktsiyalari

  1. Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish Inspektsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonunchilik hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilish;

2) fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatishda (sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga etkazishda) mualliflik huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilish;

3) o’z vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarini sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqatilishida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralari ta’minlash;

4) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda «Elektron hukumat» tizimida infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;

5) ish va boshqaruv jaraёnlarini avtomatlashtirish samaradorligi, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari ko’rsatish;

6) «oxirgi milya» tamoyili bo’yicha Internet tarmog’idan keng polosali foydalanishni, mulьtiservis aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar tarqatishni kengaytirish yo’li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish;

  1. Inspektsiya o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonunchilik hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat sohasida:

xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan litsenziyalash haqidagi qonun hujjatlari, litsenziya bitimlari bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida xavfsizlik bo’yicha texnik va texnologik talablar bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida litsenziya talablari va shartlarini buzgan holda, shuningdek, tegishli litsenziyani rasmiylashtirmasdan faoliyatni amalga oshiraёtgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni aniqlaydi;

telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarini ko’rsatishda, shuningdek, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, shu jumladan, mobil aloqa, radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalar va telekommunikatsiya tizimlari tarmoqlarini loyihalash, qurish, qayta qurish, kengaytirish va foydalanishda qonunchilik hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari, amaldagi normalar va qoidalarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

elektraloqa tarmoqlarining umumiy foydalanishdagi aloqa tarmoqlariga ulanishi qoidalarining, jumladan, ulanish shartlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

O’zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarni sotib olish (berish), yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo’llanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvchanligini ta’minlash bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishi monitoringini va nazoratini amalga oshiradi;

radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlari, radiochastota spektridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va elektron raqamli imzo sohasida monitoringni olib borish, aniqlash va ularga barham berish masalalari yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi, operatorlari, provayderlari tomonidan rioya etilishi yuzasidan monitoring va nazoratni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

pochta aloqasi xizmatlari tashkil etilishini, pochta jo’natmalari va pul summalari saqlanishi ta’minlanishini, pochta jo’natmalari qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi, topshirilishiga rioya qilinishini va ularning belgilangan nazorat muddatlarida o’tishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;

aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qo’llanadigan o’lchash vositalarini qiёslashdan o’tkazish va kalibrlash tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish, axborot tizimlari tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlarining bajarilishi yuzasidan o’z vakolati doirasida nazoratni tashkil etadi;

aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qoidabuzishlar profilaktikasi, ularni aniqlash, ularning oldini olish, va ularga barham berish bo’yicha kompleks tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;

monitoring va tekshirishlar natijalari bo’yicha aniqlangan qoida buzilishlari haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, ko’rsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek, litsenziya beradigan organga xo’jalik yurituvchi sub’ektlar litsenziyalarining amal qilishini to’xtatib turish ёki to’xtatish to’g’risida taklif kiritadi, qoida buzilishlariga doir Inspektsiya vakolatlariga tegishli bo’lmagan materiallarni belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlarga beradi;

o’tkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar tayёrlaydi, ularni tegishli boshqaruv organlariga ko’rib chiqish uchun kiritadi;

aloqa, axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan axborot xavfsizligi, shu jumladan, foydalanilishi cheklangan ma’lumotlarning himoyalanishini ta’minlash, axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi faoliyat turi bo’yicha litsenziya bitimlari va mahsulotlarni sertifikatlash shartlariga rioya etish masalalari borasida davlat organlari bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, ma’muriy jazo choralarini qo’llaydi;

2) fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatish (sotish, ijaraga berish, barchaning e’tiboriga etkazish)da mualliflik huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan nazorat sohasida:

fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga etkazish bo’yicha faoliyatni amalga oshirishda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlariga rioya qilinishini o’rganadi va monitoringini olib boradi, uning yakunlari bo’yicha tegishli xulosalar tayёrlaydi;

audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun dasturlarni sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga etkazish bo’yicha faoliyatni amalga oshiradigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirish natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda tahliliy materiallarni O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga taqdim etadi;

Internet tarmog’ida mualliflik huquqi ob’ektlari noqonuniy tarqalishini (barchaning e’tiboriga etkazilishini) bartaraf etish choralarini ko’radi;

3) o’z vakolati doirasida, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va taqdim etiladigan pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifati, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqatish bo’yicha chora-tadbirlarni ta’minlash yuzasidan nazorat sohasida:

Respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari parametrlari va sifat ko’rsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan monitoring va nazorat o’tkazadi;

texnik vositalar va axborot tizimlari orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarining sifat ko’rsatkichlari va parametrlarining muvofiqligini o’lchaydi va monitoring olib boradi;

yuridik va jismoniy shaxslarning pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlari, shuningdek, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek, tashkiliy-xuquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar va idoralar tomonidan elektron davlat xizmatlari ko’rsatish masalalari bo’yicha murojaatlarni zarur holatlarda joyiga borib hamda tegishli hujjatlarni o’rgangan holda qonun hujjatlariga muvofiq ko’rib chiqadi;

vakolatli davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tariflar ro’yxatiga kiruvchi pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlariga tariflarning to’g’ri qo’llanilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;

ko’rsatiladigan xizmatlar, tariflar, xizmatlar ko’rsatish qoidalari to’g’risidagi ma’lumotlarning aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ish tartibi va ularni tartibga soluvchi boshqa axborotlarning mavjudligi va foydalanuvchilar uchun tushunarliligini, shuningdek, ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar hajmining to’liqligi va muddatlarini nazorat qiladi;

O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini va davriy nashrlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;

pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati bo’yicha statistik hisobotlarning ishonchliligiga rioya etilishini nazorat qiladi;

hisoblangan moliyaviy sanktsiyalar (jarimalar)ning belgilangan muddatlarga rioya qilingan holda to’lanishi va to’lanaёtgan moliyaviy sanktsiyalar (jarimalar)ning summasi to’g’riligini nazorat qiladi;

aloqa mahsulotlari sifatiga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiyalar vositalari parametrlariga, yuqori chastotali qurilmalar va radioelektron vositalar radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, texnik shartlar, qoidalar, yo’riqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini ko’rib chiqadi va ular bo’yicha xulosalar beradi;

aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, qayta ko’rib chiqish bo’yicha buyurtmachi funktsiyalarini bajaradi;

4) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda «Elektron hukumat» tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilishi va infratuzilmani rivojlantirishni nazorat qilish sohasida:

davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari va tashkilotlarida, «Elektron hukumat» tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jaraёnlarini, belgilangan tartibda monitoring qiladi va o’rganadi;

«Elektron hukumat» tizimida, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini o’rganadi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qonunchilik hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablari bajarilishini nazorat qiladi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot resurslari va elektron davlat xizmatlarining mavjudligi hamda ulardan foydalanishning imkoni yaratilganligi monitoringini amalga oshiradi;

5) ish va boshqaruv jaraёnlarini avtomatlashtirish samaradorligi, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari ko’rsatish yuzasidan nazorat sohasida:

ish va boshqaruv jaraёnlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari, ma’lumotlar uzatish va ma’lumotlar almashish idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qiladi va baholaydi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat boshqaruvi organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jaraёnlarini o’rganish va monitoring qilish natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish bo’yicha tegishli xulosa va takliflar tayёrlaydi hamda ularni Vazirlikka ko’rib chiqish uchun kiritadi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati va ularni rivojlantirish to’g’risida axborotlarning ishonchliligi ta’minlanishi va o’z vaqtida taqdim etilishini o’rganadi va monitoringini olib boradi;

6) «oxirgi milya» printsipi bo’yicha keng polosali Internet tarmog’idan foydalanish, mulьtiservis aloqa tarmoqlari texnologiyalari, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bozorini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlari va davriy bosma nashrlarni tarqatishni kengaytirish yo’li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasi rivojlanishi yuzasidan nazorat sohasida:

qonun hujjatlariga muvofiq, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotlashtirish vositalari va tizimlari yaratilishi va ishlatilishi bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarining yangidan qurilaёtgan va qayta qurilaёtgan ob’ektlarini foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarida qatnashadi.

Inspektsiya qonunchilikka muvofiq, boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.

2-§. Inspektsiya markaziy apparatining vazifalari va funktsiyalari

  1. Quyidagilar Inspektsiya markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) hududiy inspektsiyalar bilan birgalikda, Inspektsiyaga yuklangan vazifa va funktsiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;

2) hududiy inspektsiyalar faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashish va ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash;

3) Inspektsiyaga yuklangan vazifalarni bajarishda boshqa vazirliklar va idoralar bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va hududiy inspektsiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

4) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi hamda mualliflik huquqini himoya qilish sohasidagi yo’nalishlar bo’yicha tegishli ta’lim muassasalarida, shuningdek, respublika vakolatli organlarining ixtisoslashgan o’quv yurtlarida Inspektsiya xodimlari malakasini oshirish va qayta tayёrlashni tashkil etish.

  1. Inspektsiya markaziy apparati o’ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

1) hududiy inspektsiyalar bilan birgalikda, Inspektsiyaga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini ta’minlaydi;

2) olib borilgan nazorat va o’rganish natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar, qoida buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar tayёrlaydi va ularni ko’rib chiqish uchun tegishli davlat organlariga kiritadi;

3) monitoring va tekshirishlar natijalari bo’yicha aniqlangan qoida buzilishlari yuzasidan tegishli qarorlar, ularni bartaraf etish muddatlari belgilangan ko’rsatmalar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar litsenziyalarining amal qilishini to’xtatib turish ёki to’xtatish to’g’risida takliflar, shuningdek, Inspektsiya vakolatlariga taalluqli bo’lmagan qoida buzilishlari bo’yicha materiallarni belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlarga topshirish uchun tayёrlaydi;

4) aloqa sifatiga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiya vositalari parametrlariga, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, texnik shartlar, qoidalar, yo’riqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini ko’rib chiqadi va ular bo’yicha taklif tayёrlaydi;

5) davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda uning holati bo’yicha hududiy inspektsiyalar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar va axborotlarning ishonchliligini o’rganadi.

Inspektsiyaning markaziy apparati qonunchilikka muvofiq, boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.

3-§. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspektsiyalarining vazifalari va funktsiyalari

  1. Hududiy inspektsiyalar tegishli hududda ushbu Nizom bilan belgilangan va Inspektsiyaga yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarning samarali bajarilishini amalga oshiradi.

Bundan tashqari, hududiy inspektsiyalar:

1) yuklangan vazifa va funktsiyalarni amalga oshirish doirasida yillik, choraklik va oylik ish rejalarini ishlab chiqadilar va belgilangan tartibda Inspektsiya bilan kelishadilar;

2) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida belgilangan tartibda hisobot va axborotlarni taqdim etadilar;

3) Inspektsiya ish rejalarini tayёrlashda qatnashadilar;

4) aholini ommaviy axborot vositalari orqali Inspektsiyaning maqsadlari, vazifalari to’g’risida va amalga oshirilaёtgan faoliyatining aniq natijalari bo’yicha muntazam xabardor qilib boradilar.

Hududiy inspektsiyalar qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

4-bob. Inspektsiya va hududiy inspektsiyalarning huquqlari va javobgarligi

1-§. Inspektsiyaning huquqlari va javobgarligi

  1. Inspektsiya o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari va taqdim etiladigan xizmatlar sifati buzilishi faktlari to’g’risida ma’lumotlar olish va aniqlash;

2) aloqa, axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun dasturlarni tarqatish (sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga etkazish) sohasida faoliyat yuritadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni, shuningdek, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tekshirishlarni belgilangan tartibda o’tkazish;

3) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, ular tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar talablari va taqdim etilaёtgan xizmatlar sifati buzilgan holda belgilangan tartibda moliyaviy sanktsiyalar (jarimalar)ni hisoblash to’g’risida qaror qabul qilish;

4) davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralardan o’z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborotlar, hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqa materiallarni so’rash va olish;

5) aloqa, axborotlashtirish, va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va baёnnomalar tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish doirasida qonun hujjatlarining pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda esa ushbu holatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni tegishli davlat nazorati organlariga belgilangan tartibda yuborish;

6) fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida baёnnomalarni tuzish va ko’rib chiqish uchun sudga yuborish;

7) zarur hollarda, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi masalalarni ko’rib chiqishda, tekshirishlar va o’rganishlarda qatnashish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;

8) aloqa, axborotlashtirish, va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan, shuningdek, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Inspektsiya vakolatiga tegishli masalalar bo’yicha zarur ma’lumotlar, materiallar va hisobotlarni talab qilish;

9) vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalari va laboratoriyalardan o’z vakolatlarini amalga oshirish uchun aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi texnik hujjatlar, qoidalar, vositalarning ish normalarini olish;

10) O’zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish;

11) ekspert xulosa olish uchun tekshirish va monitoring natijalarini vakolatli organlarga taqdim etish;

12) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalar va inshootlardan texnik foydalanish qoidalariga rioya qilinishi, texnik holati yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

13) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qurilish normalari va qoidalari buzilgan holda olib borilaёtgan qurilish ishlarini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to’xtatib turish;

14) litsenziya bitimlari talab va shartlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan buzilgan holatlarda ularga ogohlantirishlar berish;

15) tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning borishida buzilishlarga yo’l qo’ygan mansabdor shaxslariga davlat nazorati doirasida olib borilgan o’rganishlar, monitoring, tekshirishlar natijasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to’g’risida bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar berish;

16) texnik vositalar va axborot tizimlari orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarining sifatini o’lchash ishlari va monitoringini olib borish.

Inspektsiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

  1. Inspektsiya:

1) o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishi va taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va kompleksliligi;

2) o’z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar to’g’risidagi ma’lumotlar vakolatli organlarga o’z vaqtida taqdim etilishi;

3) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyalanishi va rioya qilinishi ta’minlanishi;

4) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun javob beradi.

2-§. Inspektsiya markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi

  1. Inspektsiyaning markaziy apparati o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish uchun, Inspektsiyaning huquqlari bilan bir qatorda, quyidagi huquqqa ham ega:

1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida faoliyat ko’rsatuvchi va normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar talablari va ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar sifati, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiya vositalari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlarining muntazam ravishda buzilishiga yo’l qo’yaёtgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar, vaqtincha to’xtatish to’g’risida qaror chiqarish;

2) radionurlanishlar normasi va parametrlari buzilganda, shuningdek, televidenie va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda to’sqinlik qilishga olib kelgan holatlarda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha, 10 kundan ko’p bo’lmagan muddatga to’xtatib qo’yish;

3) litsenziya bitimlarining talab va shartlari buzilganligi uchun litsenziyalarning amal qilishini to’xtatish va to’xtatib turish, ularni bekor qilish to’g’risida Vazirlikka, O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga takliflar kiritish;

4) Vazirlik, O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi qaroriga muvofiq aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari, mualliflik huquqlari sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish;

5) hududiy inspektsiyalardan Inspektsiyaning markaziy apparatida ko’rib chiqiladigan masalalarni, shuningdek, normativ hujjatlar loyihalarini tahlil qilish va o’rganish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni so’rash va olish;

6) zarur bo’lganda, Inspektsiyada ko’rib chiqiladigan masalalarni o’rganish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ hujjatlar loyihalarini tayёrlash uchun, hududiy inspektsiyalar rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlar tuzish;

7) hududiy inspektsiyalardan, ular tomonidan kiritilgan normativ hujjatlar loyihalari qayta ishlab chiqilishini talab qilish, zarur bo’lganda, ularni puxtalashtirish uchun qaytarish;

8) hududiy inspektsiya rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig’ilishlar o’tkazish;

9) hududiy inspektsiyalarga Inspektsiyaga yuklangan hamda tezkor hal etishni talab etadigan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog’liq masalalar bo’yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

10) hududiy inspektsiyalarning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar va topshiriqlari, shuningdek, Inspektsiya tomonidan qabul qilingan hamda rahbariyat topshiriqlarini bajarish bo’yicha faoliyatini belgilangan tartibda o’rganish hamda tekshirish;

11) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari buzilishlari bilan bog’liq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish.

Inspektsiyaning markaziy apparati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

  1. Inspektsiyaning markaziy apparati quyidagilar uchun mas’ul:

1) hududiy inspektsiyalar bilan birgalikda, Inspektsiyaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini, taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning ob’ektivligini va kompleksliligini ta’minlash;

2) Inspektsiya tomonidan Vazirlikka ko’rib chiqish uchun kiritiladigan normativ hujjatlar loyihalari, shuningdek, Inspektsiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni tayёrlash va ekspertizadan o’tkazish sifati;

3) markaziy apparat va hududiy inspektsiyalar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlar va davlat standartlariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni ta’minlash bo’yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, «yo’l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil qilish;

4) markaziy apparat va hududiy inspektsiyalar xodimlari rezervini shakllantirish.

3-§. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspektsiyalarning huquqlari va javobgarligi

  1. Hududiy inspektsiyalar, o’zlariga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish uchun, Inspektsiyaning huquqlari bilan bir qatorda, quyidagi huquqlarga ham ega:

1) davlat va xo’jalik boshqaruvi hududiy organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan hududiy inspektsiyalarning vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo’lgan axborotni belgilangan tartibda so’rash va olish;

2) davlat va xo’jalik boshqaruvi hududiy organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko’rib chiqish uchun hududiy inspektsiyalari vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun kiritish;

3) Inspektsiya Kengashi va Ilmiy-texnik kengashi ishida qatnashish;

4) Inspektsiya topshirig’iga ko’ra aloqa, axborotlashtirish, va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi masalalar bo’yicha yig’ilishlar va seminarlar tashkil qilish va o’tkazish;

5) hududiy inspektsiyalarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo’yicha takliflar kiritish;

6) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari buzilishlari bilan bog’liq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;

7) Inspektsiyaga hududiy inspektsiyalarning rahbarlari va xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish bo’yicha takliflar berish;

8) hududiy inspektsiyalarga malakali va qobiliyatli ёsh xodimlarni jalb qilish.

Hududiy inspektsiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

  1. Hududiy inspektsiyalar quyidagilar uchun mas’ul:

1) hududiy inspektsiyalarga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

2) o’z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar to’g’risidagi ma’lumotlarni vakolatli organlarga o’z vaqtida taqdim etish;

3) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini va ularga rioya etilishini ta’minlash;

4) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

5) Inspektsiyaga kiritiladigan hujjatlar va takliflarning loyihalarini ishlab chiqish sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari;

6) Inspektsiyaning markaziy apparati bilan birgalikda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida qonunchilikka rioya qilinishi yuzasidan nazoratni ta’minlash bo’yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, «yo’l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi.

 

www.press-service.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi hukumat portali

Infosec.uz

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi

www.mitc.uz

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi