Qarauzyak tumanida uchrashuv o‘tkazildi

“O‘zaloqanazorat”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi va “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qoraqalpog‘iston filiali mas’ul xodimlari tomonidan 2018 yil 7 sentyabr kuni  Qarauzyak pochta aloqasi bog‘lamasida bog‘lama rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida ko‘rsatilayotgan pochta aloqasi xizmatlari sifati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar va ularning kelib chiqishining oldini olish va sohada yangidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish  bo‘yicha profilaktik uchrashuv (yig‘ilish) o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda pochta aloqasi xizmatlari sifati yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili bo‘yicha hisobotlar berildi hamda kelgusida murojaatlarning kelib chiqishining oldini olish yuzasidan barcha zaruriy choralarni ko‘rish to‘g‘risida pochta aloqasi bog‘lamasi bo‘lim boshliqlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 martdagi 185-sonli qarori va O‘zbekistan Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2018 yil 24 iyuldagi 503-son buyrug‘i bilan pochta va kurerlik xizmatlari sifatining buzilganligi yuzasidan qo‘llaniladigan iqtisodiy jarimalar yanada kuchaytirilgani ta’kidlandi hamda pochta aloqasi korxonalari tomonidan kelgusida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga doir kelib tushadigan murojaatlarning kelib chiqishining oldini olish yuzasidan sustkashlikga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

www.press-service.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi hukumat portali

Infosec.uz

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi

www.mitc.uz

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi