Shirin shahrida sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyasiningSirdaryo viloyati inspeksiyasi boshlig’i O’.Begaliyev boshchiligida 2018 yil davomida o’tkaziladigan sayyor qabullar rejasiga muvofiq, Shirin shahrida pochta va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan “O’zbekiston pochtasi” AJ Sirdaryo filiali Boyovut tumanlararo pochta aloqa bog’lamasi va “O’zbektelekom” AK Sirdaryo filiali Shirin telekommunikatsiya bog’lamasi rahbarlari ishtirokida 2018 yilning 31 iyul kuni Shirin shahridagi “A.Temur” mahalla fuqarolar yig’ini hududida sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan mavjud muammolar, kamchilik va takliflari tinglandi hamda bir qator muammoli masalalar bartaraf etildi. Iste’molchilarni qiziqtirgan barcha savollarga Inspektsiyaning Sirdaryo viloyati inspeksiyasi xodimlari, shuningdek Shirin shahri hududida pochta va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ma’sul xodimlari tomonidan tegishli va to‘liq javoblar berildi.

 

www.press-service.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi hukumat portali

Infosec.uz

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi

www.mitc.uz

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi