Toshkent shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish maqsadida, 2018 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, “Boshliq” mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul o’tkazildi.

Mazkur sayyor qabul O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya (Inspeksiya)si hamda Toshkent shahridagi telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’ul xodimlari ishtirokida bo’lib o’tdi.

Sayyor qabul davomida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilaridan murojaatlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan mavjud muammolar, kamchilik va takliflar tinglandi hamda ba’zi muammoli masalalar joyida bartaraf etildi.

Iste’molchilarni qiziqtirgan savollarga Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi boshlig‘i va xodimlari, shuningdek, Toshkent shahri hududida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’ul hodimlari tomonidan javoblar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

www.press-service.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi hukumat portali

Infosec.uz

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi

www.mitc.uz

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi