Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Izbosarov Ag‘zam Faxriddinovich

Boshliq
Qabul kunlari

08.00-18.00 dushanba-juma kunlari

Telefon

(998 71) 202-69-80

Elektron pochta info@gis.uz

1962 yil 18 mayda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, 1984 yili Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tugatgan, mutaxassisligi elektraloqa muhandisi. Texnika fanlar nomzodi.

2005 y. “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan aloqa xodimi” fahriy unvoni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyati

1982-1984 yy. – Toshkent Davlat pedogokika oliygohi, fizika kafedrasi laboranti

1984-1985 yy. – Navoiy viloyati elektraloqa ishlab chiqarish korxonasi laboratoriya muhandisi

1985-1992 yy. - Navoiy viloyati Xatirchi tumani elektraloqa bog’lamasi muhandisi

1992-1997 yy. - Navoiy viloyati Xatirchi tumani elektraloqa bog’lamasi bosh muhandisi

1997-2000 yy. - “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyasi Bosh direktorining o’rinbosari

2000-2001 yy. - “Shaharlararo aloqa korxonasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori

2001-2002 yy. – O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Bosh direktorining o’rinbosari

2002-2004 yy. - O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o’rinbosari

2004-2008 yy. - O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining birinchi o’rinbosari

2008-2011 yy. - O’zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi raisi

2011- 2016 yy. - “Мarkaziy ippodrom” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

2016-2017 yy. - “Sunrise Solutions” kompaniyasi boshqaruvi raisi

2017 y. - h.v. - Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha Davlat inspeksiyasi boshlig’i

  • Aloqa va axborotlashtirish sohasida nazorat ishlarini tashkil etishda davlat siyosatining yuritilishini ta’minlaydi;
  • mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i y nazar, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibining bajarilishi yuzasidan nazorat ishlarini tashkillashtiradi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik, elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi yuzasidan ishlarni tashkil etadi;
  • telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarida o‘z vakolati doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ulardan davlat manfaatlari uchun ustuvor foydalanishni tashkil etadi;
  • respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida telekommunikatsiyalar tarmoqlari, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etadi;
  • radioelektron vositalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish), O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi;
  • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy jazo choralarini qo‘llaydi;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, ko‘rsatilayotgan pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati buzilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar belgilaydi, ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risida belgilangan tartibda yozma ko‘rsatmalar beradi;
  • Inspeksiya boshlig‘i Inspeksiyaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga shaxsan mas’uldir.

Abdurasulov Baxtiyor Mamarasulovich

Boshliqning birinchi o'rinbosari
Qabul kunlari

08.00-18.00 dushanba-juma kunlari

Telefon

(998 71) 202-69-80

Elektron pochta info@gis.uz
Страница на стадии разработки...
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar, standartlar talablari, litsenziya shartlari bajarilishi va ularga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • Inspeksiyaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi monitoringi, Davlat axborot tizimlari, resurslari va interaktiv davlat xizmatlari monitoringi, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, telekommunikatsiyalar sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida chora-tadbirlarni tashkillashtiradi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalar va tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini belgilangan tartibda nazorat qilish, monitoring olib borish va o‘rganish, ularning yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini o‘rganish ishlarini tashkil etadi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishning qulayligini nazorat qilishni tashkil etadi;
  • ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari, ma’lumotlar uzatish va almashish, idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qilish va baholash ishlarini tashkil etadi;
  • Inspeksiya bo‘limlari, guruhlari va Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini nazorat qilish, monitoring olib borish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
  • Inspeksiyaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi monitoringi, Davlat axborot tizimlari, resurslari va interaktiv davlat xizmatlari monitoringi, Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari, Radioeshittirish va televidenie bo‘limlari, shuningdek Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari hududiy bo‘linmalarining faoliyatini bevosita muvofiqlashtiradi va amaliy yordam beradi.

Mirzaev Nodir Egamberdievich

Boshliq o'rinbosari v.v.b.
Qabul kunlari

08.00-18.00 dushanba-juma kunlarii

Telefon

(998 71) 202-69-80

Elektron pochta info@gis.uz
Страница на стадии разработки...
  • Mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan nazoratning amalga oshirilishini tashkillashtiradi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanksiyalar mikdorlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va haqqoniyligi hamda pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xizmatlar sifati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi;
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan rioya etilishi monitoringi va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshirilishini tashkil etadi;
  • pochta aloqasi xizmatlarining tashkil etilishi, pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining saqlanishini ta’minlanishi, pochta jo‘natmalarini qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi, topshirilish bo‘yicha talablarga rioya qilinishi va ularning nazorat muddatlarida o‘tishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirilishini tashkillashtiradi;
  • Inspeksiyaga belgilangan tartibda kelib tushgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi ishlab chiqilayotgan, qayta ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;
  • respublika hududida joylashgan pochta aloqasi tarmoqlari va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda monitoring va nazorat o‘tkazish ishlarini tashkillashtiradi;
  • yuridik va jismoniy shaxslarning pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari bo‘yicha murojaatlarini zarur hollarda joyiga chiqib hamda tegishli hujjatlarni o‘rgangan holda qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqilishini tashkillashtiradi;
  • Pochta aloqasi va davriy matbuotni tarqatish, Normativ hujjatlar bilan ishlash, Moddiy-texnika ta’minoti va avtotransport bo‘limlari, Ish yuritish guruhi, shuningdek Inspeksiyaning Andijon, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari hududiy bo‘linmalarining faoliyatini bevosita muvofiqlashtiradi va amaliy yordam beradi.

Abdukayumov Samandar Abdukaxxorovich

Boshliq o'rinbosari v.v.b.
Qabul kunlari

08.00-18.00 haftaning payshanba kuni

Telefon

(998 71) 202-69-80

Elektron pochta info@gis.uz
Страница на стадии разработки...
  • Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, teleradioeshittirish, axborot tizimi tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi hamda favqulodda vaziyatlarda ulardan ustuvor foydalanishni tashkil etilishi bo‘yicha nazoratni tashkillashtiradi;
  • radiochastota spektridan foydalanishda, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik va texnologik nazoratni tashkil etadi;
  • radioxalaqitlarni, jumladan sanoat radioxalaqitlarni, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun teleradioeshittirish hamda ma’lumotlar uzatish vositalaridan g‘arazli foydalanishga barham berishni ta’minlash maqsadida radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi tarmoqlarida, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, radiochastota spektridan unumli foydalanish, aloqa ob’ektlari va korxonalarining qo‘riqlanishini ta’minlashda profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etadi;
  • telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi joriy etilishi bo‘yicha nazoratni tashkillashtiradi;
  • Inspeksiyada fuqaro muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha olib boriladigan ishlarni nazorat qiladi;
  • Inspeksiyaning Maxsus ishlar, Axborot xavfsizligi va Mobil aloqa tizimlari monitoringi va radiochastotalardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limlari, shuningdek Inspeksiyaning Toshkent shahar, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududiy bo‘linmalarining faoliyatini bevosita muvofiqlashtiradi va amaliy yordam beradi.