Languages

“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi

Uzbek

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi. Qonun matni bilan “Xalq so‘zi” nashrining veb-sahifasi va O‘zA saytida tanishish mumkin.

Hujjatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilandi.

Qonunning amal qilishi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish chogʻida qoʻllaniladigan ishlov berish vositalaridan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan qatʼi nazar yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi (3-modda).

Shuningdek, Qonunga ko‘ra Davlat shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi (27-modda), Mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar subyektning roziligisiz shaxsga doir maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart ekanligi (28-modda) belgilab qo‘yilgan.  

Qonun 2019-yilning 1-oktyabridan kuchga kiradi.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan joriy...

2019-yilning 3-dekabr kuni O‘zkomnazorat boshlig‘i A. Xodjayev Xorazm viloyati hududidagi soha...

2019-yilning 3-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida O‘zkomnazorat boshlig‘i A....

Soha yangiliklari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

E'lonlar

O‘zkomnazorat “Unitel” MChJ kompaniyasining Toshkent shahridagi kommutatsiya markazi modernizatsiya...

2019 yil 27 noyabr soat 00:00 dan 2019 yil 10 dekabr soat 02:00 ga qadar “UMS” MChJ mobil aloqa...

2019 yil 29 noyabr soat 00:00 dan 02:00 ga qadar “Unitel” MChJ mobil aloqa operatori tomonidan...