Languages

  • Eng
  • Рус
  • Uzb

1-apreldan mobil qurilmalar hisobga olinadi

Uzbek

Mamlakatimizda 22 milliondan ziyod mobil aloqa abonentlari, 16 milliondan koʻproq mobil internet foydalanuvchilari mavjud.

Endilikda yurtimizda yangi amaliyot – xalqaro identifikatsiya kodlari boʻyicha mobil qurilmalarni hisobga olish tizimi joriy etiladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Bunda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etadi.

Hisobga olish tizimi joriy yilning 1 aprelidan ishga tushadi.

Shu kundan eʼtiboran 1 iyunga qadar barcha Oʻzbekiston GSM-operatorlari tarmoqlarida boʻlgan barcha mobil qurilmalar avtomatik tarzda bepul roʻyxatga olinadi.

Oʻzbekistonda mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimining operatori sifatida “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi belgilangan.

Shu bois mazkur korxona negizida mobil qurilmalarni hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tizimi oʻrnatildi. Tizim Oʻzbekiston Respublikasining barcha GSM-operatorlari tarmoqlariga ulangan boʻlib, ular oʻrtasida “onlayn” rejimida oʻzaro maʼlumot almashish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu tizim import qilinadigan mobil qurilmalarning registratori vazifasini bajaradi.

Inspeksiya yangiliklari

2019-yilning 18-aprel kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumanida O‘zbekiston Respublikasi...

Joriy yilning 17 aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabi...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

Bugun 26-aprel, bu kun 2001-yildan buyon Xalqaro intellektual mulk kuni sifatida bayram qilib...

Toshkentda 2019-yil 25-aprel kuni boshlangan “Toshkent huquq bahori” – “Tashkent Law Spring” Xalqaro...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi...

E'lonlar

26.04.2019 y. kuni tarmoqda rejadagi operatsion ishlar amalga oshirilishi sababli, soat 00:30...

26.04.2019-y. soat 00:00 dan 06:00 gacha avariya-tiklash ishlar o‘tkazilishi sababli, Toshkent va...

25.04.2019-y. soat 00:00 dan 06:00 gacha avariya-tiklash ishlari o‘tkazilishi sababli, Toshkent...