Languages

Axborot xavfsizligini ta’minlashda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha seminar

Uzbek

2019-yil 17-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi hamda “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK mutaxassislari tomonidan viloyatdagi mahalliy boshqaruv organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Davlat inspeksiyasi hamda “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK xodimlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha dolzarb mavzularida tayyorlangan ma’ruzalari bilan ishtirokchilarni tanishtirishdi.

Mazkur tadbirda 70 dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishtirok etdi.

Tadbir yakunida qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga Davlat inspeksiyasi va “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK xodimlari tomonidan tegishliligi bo‘yicha javoblar berilib, ishtirokchilarga axborot xavfsizligi ta’minlashga qaratilgan ma’lumotlar jamlangan bukletlar hamda CD disklar taqdim qilindi.

Inspeksiya yangiliklari

Joriy yilning 23-avgust kuni Buxoro viloyati Jondor tuman hokimligining majlislar zalida O‘...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Mobil aloqa operatorlarning Navoiy viloyatidagi 30 dan ortiq dilerlik punktlari rahbar va mas’...

Soha yangiliklari

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

NVIDIA kompaniyasi mutaxassislari Windows drayverlarida jami 5ta GeForce (430.60dan quyida bo‘lgan...

E'lonlar

21.08.2019-yil soat 00:00 dan 06:00 gacha texnik ishlar olib borilishi sababli Termiz shahrida...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan 2019-yil 20 – 21-avgust kunlari soat 00:00...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...