Languages

Davlat inspeksiyasida birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Uzbek

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasidagi Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini doimo shay holatda bo‘lishini ta’minlash va xodimlarning bu boradagi bilim saviyalarini oshirish favqulodda hodisa ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish maqsadida 2019-yilning 10 –11-iyul kunlari O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Toshkent shahar tashkiloti mutaxassisi – Tashlanova Nazokat Rustamovna tomonidan favqulodda holatlarda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmasi tarkibidagi Sanitar posti a’zolariga xodim jarohat olganda, hushidan ketganda va lat yeganida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha ikki kunlik seminar darslari o‘tkazildi.

Seminarda Davlat inspeksiyasida tashkil etilgan Fuqaro muhofazasi tuzilmasi Sanitar posti 4 nafar a’zolari S. Rajabov, N. Shomurodova, F. Fayziyev hamda M. Nurmatova ishtirok etdi.

Darslar davomida seminar ishtirokchilariga “Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari tarixi hamda faoliyati”, “O‘pka-yurak reanimatsiyasi, qon ketishi va uni to‘xtatish”, “Tayanch harakat a’zolari shikastlanganda shinani to‘g‘ri qo‘yish” va “Yong‘in sodir bo‘lganda jaroahtlanganlarni transportirovka qilish” mavzularida ham nazariy ham amaliy mashg‘ulotlarni olib bordi. Seminar davomida metodik qo‘lanmalar va prezentatsiya materiallaridan foydalanildi.

         Davlat inspeksiyasining fuqaro muhofazasi tuzilmasi Sanitar posti a’zolarini olgan bilimlarini amaliy qo‘llash maqsadida odam shaklidagi belgilangan maket orqali va boshqa vositalar bilan har xil favqulodda vaziyatlar yuz berganda birinchi yordam ko‘rsatish tartibi va uni qo‘llash usullarini amaliy o‘zlashtirish ko‘nikmalari tushuntirildi. Tinglovchilar o‘quv kursi dasturida belgilangan barcha mashg‘ulotlarni yaxshi bajarib bu boradagi bilimlarini mustahkamlab oldi. Seminarlar yakuniga yetgach tinglovchilarga – O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining sertifikatlari topshirildi.

Inspeksiya yangiliklari

“O‘zbеktеlеkom” AK Namangan filiali Namangan shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan taqdim e’tilgan...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

E'lonlar

2019 yil 23 oktyabr soat 02:00 dan 03:00 ga qadar “Unitel” MCHJ mobil aloqa operatori tomonidan SMS-...

2019 йил 10 октябр соат 00:00 дан 06:00 га қадар “Unitel” МЧЖ мобил алоқа оператори томонидан Фарғона шаҳрида транспорт тармоғини модернизация ва оптимизация...

“UMS” МЧЖ мобил алоқа оператори томонидан 2019 йил 09 октябрда соат 00:00 дан 06:00 га қадар маълумотларни пакетли узатиш тармоғида дастурий таъминотни янгилаш...