Languages

Eng ommaviylashgan Top-20 PIN-kodlar

Uzbek

O‘tgan oy so‘nggida Splunk kiberxavflar va zaifliklarni tadqiq qilish bo‘limi katta direktori Tara Uiler smartfonlarni himoya qilish bo‘yicha ishlatilayotgan eng ommaviy 20 ta PIN-kod ro‘yxatini e’lon qildi. Uiler foydalanuvchilarni bu borada yana ham xushyor bo‘lishga chaqirdi. Tadqiqotchilar fikricha, barcha smartfonlarning 26% qismini ommaviylashgan 20 ta PIN-kod bilan buzib kirish mumkin. Top yigirmatalikka 1234, 1111, 0000, 1212, 7777, 1004, 2000, 4444, 2222, 6969, 9999, 3333, 5555, 6666, 1122, 1313, 8888, 4321, 2001, 1010.

Tadqiqotlar smartfonni blokirovkadan chiqarish va undagi harakatlarni tasdiqlash uchun eng ko‘p ishlatiladigan maxfiy raqamlar bu 1234 ekanligini ko‘rsatdi.

Keyingi o‘rinlardan 1111, 0000 va 1212 joy olgan. Ulardan foydalanish mos ravishda 11%, 6%, 2% yoki 1%ga teng. Ekspert insonlar hayotida smartfonlarni razblokirovka qilishda barmoq izlaridan foydalanish boshlanganidan so‘ng vaziyat yanada og‘irlashganligini qayd etdi. Bu odamlarning biometriyaga yangilik sifatida qarab parollardan foydalanish eskilik sarqiti deb hisoblashi bilan izohlandi. Lekin shunga qaramay maxfiy kodlar autentifikatsiya jarayonida bu borada barmoq izlari yoki yuzni tekshirish amaliyotidan ustunroq, bu foydalanuvchilarning ishonchli PIN-kod tanlashlari va uni doimo yodda tutishlari juda muhim ekanligini anglatadi.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Bugungi kunda yurtimizda korrupsiya, “mahalliychilik”, “urug‘-aymoqchilik”, poraxo‘rlik kabi illatlarga...

Soha yangiliklari

Qirg‘iziston iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha davlat xizmati Bishkek shahri byudjetiga...

Kiberjinoyatchilar Bolgariyada soliq yig‘imlari va ijtimoiy to‘lovlarni boshqaruvchi Daromadlar...

Applening iOS 13 operatsion tizimida har qanday insonga qurilmada qayd etilgan yozuvlar,...

E'lonlar

“Unitel” MChJ xabariga ko‘ra, 2019-yil 19-iyul kuni soat 00:00 dan 07:00 ga qadar (II bosqich),...

“Unitel” MChJning xabar berishicha, 2019-yil 18-iyul kuni soat 00:00 dan 07:00 ga qadar Nukus...

“Unitel” MChJ xabariga ko‘ra 2019-yil 14-iyun soat 00:00 dan 06:00ga qadar Samarqand viloyatidagi...