Languages

iOS 13dagi zaiflik barcha parollarni ko‘rish imkonini beradi

Uzbek

Applening iOS 13 operatsion tizimida har qanday insonga qurilmada qayd etilgan yozuvlar, shuningdek, bank kartalari ma’lumotlari, Safarida avtosaqlash amalga oshirilgan qaydlarning kirish parolini ko‘rsata oladigan va Touch ID, Face ID himoyasini aylanib o‘tishga sharoit yaratadigan zaiflik aniqlandi.

Ushbu muammoga Reddit foydalanuvchilar e’tibor qaratgan. Forumdagi xabarlarga ko‘ra, bagni ishga tushirish uchun iPhone yoki iPadda “Sozlamalar”ga («Настройки») kirib, “Parollar va hisob qaydnomalari” > “Saytlar va Dasturiy ta’minotlar parollari” («Пароли и учетные записи» -> «Пароли сайтов и ПО») bo‘limiga kirish lozim. Parollarni bilib olish uchun kodni kiritish yoki Touch ID, Face ID orqali shaxsni tasdiqlash lozim, ammo bu holatda “Bekor qilish” («Отмена») ni tanlash ham mumkin. Ushbu jarayonni 10 - 20 marta takrorlansa, o‘z saqlangan hisob qaydnomasi menyusiga yo‘l ochiladi.

Muammo iOS 13 Beta 2 va 3, shuningdek, iOS 13 Public Beta 2 versiyalarida kuzatilmoqda. Apple kompaniyasi zaiflik haqida xabar topgan va muammo iOS 13ning keyingi beta-relizida bartaraf qilinishi mumkin.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 672-F-son Farmoyishiga...

Joriy yilning 14-avgustida Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida O‘zbekiston Respublikasi...

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining...

Soha yangiliklari

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

NVIDIA kompaniyasi mutaxassislari Windows drayverlarida jami 5ta GeForce (430.60dan quyida bo‘lgan...

E'lonlar

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...

16.08.2019-yil kuni soat 00:30 dan 08:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Navoiy...

16.08.2019-y. soat 00:00 dan 05:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Qashqadaryo...