Languages

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralari ko‘rilmoqda

Uzbek

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Namangan viloyati hududiy inspeksiyasiga kelib tushgan murojaatlar o‘rnatilgan tartibda o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ularda ko‘tarilgan muammoli masalalar ijobiy hal qilib berilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati hududiy inspeksiyasiga 2019-yilning I choragida 93 ta murojaat (77 tasi ishonch telefoni orqali va 16 tasi yuqori turuvchi organlardan) kelib tushgan. Barcha murojaatlar qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, murojaat etuvchilarga javob xatlari yuborilgan.

Kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, murojaatlarning asosiy qismi telekommunikatsiya, mobil aloqa xizmatlari va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i orqali taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati yuzasidan bildirilayotganligi aniqlangan.

Murojaatlar soni oshishining oldini olish maqsadida Namangan viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan sayyor qabul, ochiq eshiklar kuni tadbirlari tashkil etilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, davriy matbuot nashrlarini tarqatish, pochta va mobil aloqa sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli xatlar taqdim etilgan.

Inspeksiya yangiliklari

2019-yilning 18-aprel kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumanida O‘zbekiston Respublikasi...

Joriy yilning 17 aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabi...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

Bugun 26-aprel, bu kun 2001-yildan buyon Xalqaro intellektual mulk kuni sifatida bayram qilib...

Toshkentda 2019-yil 25-aprel kuni boshlangan “Toshkent huquq bahori” – “Tashkent Law Spring” Xalqaro...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi...

E'lonlar

26.04.2019 y. kuni tarmoqda rejadagi operatsion ishlar amalga oshirilishi sababli, soat 00:30...

26.04.2019-y. soat 00:00 dan 06:00 gacha avariya-tiklash ishlar o‘tkazilishi sababli, Toshkent va...

25.04.2019-y. soat 00:00 dan 06:00 gacha avariya-tiklash ishlari o‘tkazilishi sababli, Toshkent...