Languages

Jinoyatchilar GateHub servisi foydalanuvchilari hisoblaridan 9,5 mln dollar o‘g‘irladi

Uzbek

Jinoyatchilar GateHub kriptovalyuta servisiga buzib kirishni amalga oshirgan va foydalanuvchilar hisobidan 23,2 million Ripple (XRP) tangalari ya’ni 9,5 mln AQSh dollariga teng mablag‘ni o‘g‘irlagan. 1-iyunda boshlangan hujumda jinoyatchilar jami 12 adresdan foydalanib 80-90 nafar foydalanuvchining hisoblarini “tozalagan”.

Ayni vaqtda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan. Taxminlarga ko‘ra, jinoyatchilar API GateHubdan hujumlar uyushtirishda foydlangan, ammo kompaniyadagilar o‘g‘rilik qanday qilingani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

GateHub bayonotida bir necha IP-mazillardan (haqiqiy kirish yo‘llari tokenidan foydalangan holda) API so‘rovlarining haddan ziyod ko‘payganligi qayd etilgani orqali jinoyatchi shifrlangan sirli kalitlarni olishning uddasidan chiqqani tushuntirilgan. Ammo kalitlar shifrlarini ochish qanday amalga oshirilgani xususida aniq ma’lumotlar berilmagan. Kompaniya kirish yo‘llarining tokenlari hujum kuni 1-iyunda qaytarib olinganini ham ma’lum qildi.

Firibgarlar faoliyatini fosh etish bilan shug‘illanuvchi XRP Forensics jamoasi a’zosining qayd etishicha, jinoyatchining manziliga XRPning bir necha hisob raqamlaridan mablag‘lar kelib tushgan va ushbu tushumlar Gatehub.net orqali boshqarilgan. Taxminan 13 mln XRP (5,3 mln AQSh dollari) birja orqali chiqarilgan yoki servis mikserlar vositasida o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin va bu tranzaksiyalarni ham chigallashtiradi. XRP Forensics jamoasi ham hujum qay tarzda uyushtirilganini aniqlay olmadi.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari va pochta aloqasi xizmatlari...

Jahonda yuz berayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar, va hodisalarni online rejimida ommaga yetkazish...

Soha yangiliklari

O‘tgan oy so‘nggida Splunk kiberxavflar va zaifliklarni tadqiq qilish bo‘limi katta direktori Tara...

Bankomat ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri Diebold Nixdorf o‘z...

Jinoyatchilar GateHub kriptovalyuta servisiga buzib kirishni amalga oshirgan va foydalanuvchilar...

E'lonlar

Sirdaryo viloyatidagi tayanch stansiyalarining kontrollerlari dasturiy ta’minotini almashtirish bo...

21.06.2019-y. 00:00-dan 07:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Qoraqalpog‘iston...

21.06.2019-yil soat 00:00 dan 06:00 gacha transport tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha texnik ishlar o...