Languages

  • Eng
  • Рус
  • Uzb

Mib.uz veb-saytida ijro harakatlari interaktiv davlat xizmati tizimi joriy etiladi

Uzbek

Endilikda qarzni onlayn tarzda to‘lash va ijro hujjati bajarilganligini qayd etish mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda Mib.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-martda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muaofiq, 2019-yil 1-oktyabrdan Mib.uz veb-saytida bepul asosda ijro harakatlari interaktiv davlat xizmati tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim orqali, jumladan, Internet tarmog‘i orqali undiruvchi va qarzdor tomonidan ijro harakatlari borishini barcha bosqichlarini kuzatish, shuningdek, qarzni onlayn tarzda to‘lash va ijro hujjati bajarilganligini qayd etish mumkin bo‘ladi. Mazkur tizimdan my.gov.uz portali orqali ham foydalanish imkoniyati ham yaratiladi.

Bundan tashqari qarorga muvofiq quyidagilar joriy etiladi:

- MIBga shartnoma-vositachilik asoslarida sotishga topshiriladigan mol-mulkni internet-do‘konlar, jumladan, mobil ilovalar, elektron to‘lov tizimlari orqali sotish tartibi;

- bir oy muddatda davlat bojlari, ma’muriy jarimalar va boshqa to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda internet orqali to‘lash bo‘yicha davlat xizmati;

- uch oy muddatda ma’muriy jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi. Bunda jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizi ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda qolgan summani to‘lashdan ozod etish nazarda tutiladi.

Inspeksiya yangiliklari

2019-yil 17-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari...

2019-yil 17-may kuni Qashqadaryo viloyati hokimligining majlislar zalida  O‘zbekiston Respublikasi...

2019-yil 17-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari...

Soha yangiliklari

“Роскомнадзор” axborot xizmati xabariga ko‘ra, idora yagona va asosiy davlat imtihonlari javoblarini nazorat-...

Xitoy hokimiyat organlari “Vikipediya” portali faoliyat yuritadigan barcha tillardagi veb-...

Rossiya raqamli taraqqiyot, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning...

E'lonlar

“UMS” MChJning xabar berishicha, 2019-yil 17-may kuni soat 01:00dan 06:00ga qadar Yangiyo‘l shahrida...

“Unitel” MChJ xabariga ko‘ra, 2019-yilning 17-may kuni soat 01:00 dan 05:00 ga qadar PPS ConverseOne...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, 2019-yilning 16 – 27-may kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Qoraqalpog‘...