Languages

  • Eng
  • Рус
  • Uzb

O‘zbekiston xalqiga yangi yil tabrigi

Qadrli vatandoshlar!

Muhtaram do‘stlar!

Mana shu hayajonli, fayzli damlarda jonajon O‘zbekistonimizga 2019 yil kirib kelmoqda.

Siz, azizlarni, ko‘p millatli xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangizga ulug‘ boylik bo‘lgan oilaviy baxt va salomatlik tilayman.

Aziz yurtdoshlar!

2018-yilda barcha sohalarda xalqimizning fidokorona mehnati evaziga katta o‘zgarishlarni amalga oshirdik.

Zamonaviy korxonalar, uy-joylar, yo‘llar, ko‘priklar qurildi. Ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari barpo etildi.

Horijiy davlatlar, avvalo, yaqin қo‘shnilarimiz bilan do‘stlik va hamkorlik yanada kuchaymoqda.

O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish uchun salmoqli ishlar qilindi.

Buning natijasini bugun har bir inson va oila, har bir jamoa o‘z misolida ko‘rmoqda. Eng muhimi, odamlarimizning ertangi kunga ishonchi ortmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘tayotgan yil mamlakatimiz tarixida yorqin iz qoldirgan yil bo‘ldi.

Shu bois eski yilimizni shukronalik va rozilik bilan kuzatmoqdamiz.

Hurmatli do‘stlar!

Biz 2019-yilga Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, deb nom berdik.

Faol investitsiyalar taraqqiyot uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ijtimoiy rivojlanish esa xalqimiz turmush darajasi va sifatini keskin oshirishga xizmat qiladi.

Biz yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, millatlar va fuqarolar o‘rtasida totuvlikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Xalq bilan muloqotni yuqori bosqichga olib chiqamiz. 

Tadbirkorlik va xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash ishlarini davom ettiramiz.

Diyorimizni yanada obod va ko‘rkam qilish asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.

Ehtiyojmand oilalar va yordamga muhtoj insonlarni himoya qilishga, aholi daromadlarini oshirishga e’tiborni yanada kuchaytiramiz. 

Muhtaram faxriylar, opa-singillarimiz va yoshlarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish doimo diqqatimiz markazida bo‘ladi.

Ushbu fayzli oqshomda barcha davlat va xalqlarga, xorijiy do‘stlarimiz, hamkorlarimizga ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz.

Azizlarim, qadrdonlarim!

Xalqimizning barcha orzu-niyatlari ushalsin!

Farzandlarimiz, nabiralarimizning baxtu kamolini ko‘raylik!

Go‘zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, olijanob, bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

2019-yilning qadami qutlug‘ kelsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

                                                                                               Shavkat Mirziyoyev,
                                                                             O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Uzbek

Inspeksiya yangiliklari

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanuvchi iste’...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilari...

Soha yangiliklari

Toshkent davlat yuridik universitetida 2019-2020 yillar davomida maxsus innovatsion loyiha...

Toshkentda “Yandeks.Metro” mobildasturiishgatushirildi. Bu haqdakompaniya press-relizigatayanib “...

Endilikda qarzni onlayn tarzda to‘lash va ijro hujjati bajarilganligini qayd etish mumkin bo‘ladi,...

E'lonlar

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining...

26.03.2019-yil soat 00:05 dan 07:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Buxoro viloyatining...

26.03.2019-yil soat 00:00 dan 04:30 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Namangan...