Languages

Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat organlariga tortilgan optik tolali aloqa liniyalari foydalanishga qabul qilindi.

Uzbek

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi “Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 262-son qarori va qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar” ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining tegishli buyrug‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi tomonidan qurilishi tugallangan aloqa obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasida ishtirok etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan qurilishi tugallangan aloqa obyektlarining hujjatlar to‘plami va obyektlar joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra “O‘zbektelekom” AK filialiga aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berildi. Filial tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi hududiy inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri va tumanlarda joylashgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlarga tortilgan optik tolali aloqa liniyalari (jami 35 ta obyekt) foydalanishga qabul qilindi.

Inspeksiya yangiliklari

Joriy yilning 14 fevral kuni Samarqand shahridagi TATU Samarqand filiali binosida O‘zbekiston...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

2019 yil 1 martdan kiritilgan oʻzgarishlarga muvofiq shahar va qishloq telefon tarmogʻi...

Aloqa xizmatini taklif etuvchi va ko‘rsatuvchi “AIS” kompaniyasi xuddi shu yo‘l bilan sarf-xarajatlarni...

Amerikaning Twitter kompaniyasi 2018-yilning toʻrtinchi choragida faol foydalanuvchilarining bir...

E'lonlar

15.02.2019 yil soat 00:00 dan 06:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Farg‘ona viloyatining...

UMS rasmiy telegram kanali orqali xodimlarning qonunga zid harakatlarni amalga oshirgani, sun’iy...

02.02.2019-yil soat 00:30 dan 05:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Navoiy viloyatining...