Languages

Tomdi tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Uzbek

2019-yilning 30-may kuni Navoiy viloyati Tomdi tumanida O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Navoiy viloyati hududiy inspeksiyasi boshlig‘i  Y.Juliyevning sayyor qabuli o‘tkazildi.

Ushbu sayyor qabulda Navoiy viloyati hududidagi soha korxonalari va mobil aloqa operatorlarining mas’ul shaxslari hamda tuman aholisi ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar bo‘yicha hisobotlar berib o‘tildi hamda takliflar va muammolar tinglandi.

Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 5 ta murojaat kelib tushdi va mas’ul xodimlar tomonidan 4 ta murojaat joyida ko‘rib chiqildi (tushuntirishlar berildi). Qolgan murojaatlarni o‘rnatilgan tartibda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli soha korxonalari va mobil aloqa operatorlariga tavsiyalar berildi hamda murojaatlarning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi Davlat inspeksiyasining Navoiy viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari va pochta aloqasi xizmatlari...

Jahonda yuz berayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar, va hodisalarni online rejimida ommaga yetkazish...

Soha yangiliklari

O‘tgan oy so‘nggida Splunk kiberxavflar va zaifliklarni tadqiq qilish bo‘limi katta direktori Tara...

Bankomat ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri Diebold Nixdorf o‘z...

Jinoyatchilar GateHub kriptovalyuta servisiga buzib kirishni amalga oshirgan va foydalanuvchilar...

E'lonlar

Sirdaryo viloyatidagi tayanch stansiyalarining kontrollerlari dasturiy ta’minotini almashtirish bo...

21.06.2019-y. 00:00-dan 07:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Qoraqalpog‘iston...

21.06.2019-yil soat 00:00 dan 06:00 gacha transport tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha texnik ishlar o...