Languages

  • Eng
  • Рус
  • Uzb

Toshkent shahrida “SES” sun’iy yo‘ldosh kompaniyasi tomonidan soha korxonalari vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi

Uzbek

Jahonda yuz berayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar, va hodisalarni online rejimida ommaga yetkazish, shuningdek Respublikamiz Prezidentining chet-el davlatlariga amalga oshirayotgan tashriflarini qisqa muddatda televideniye orqali ommaga yetkazishni ta’minlash zamon talabidir.

Ushbu tadbirlar bilan bog’liq jarayonlarni amalga oshirishda sun’iy yo‘ldosh tizimlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizda ham bu borada turli chet-el davlatlarining sun’iy yo‘ldosh xizmatlarini taqdim etishga ixtisoslashtirilgan rivojlangan kompaniyalarining boy tajribasi va xizmatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qancha ishlar olib borilmoqda.  

Bunga misol qilib, joriy yilning 12-iyun kuni Toshkent shahridagi LOTTE mehmonxonasida “SES” sun’iy yo‘ldosh kompaniyasi (Lyuksemburg) tomonidan o‘tkazilgan seminarni qayd etish mumkin.

 Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar, “UMS” MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi Мilliy teleradiokompaniyasi hamda Respublikada faoliyat yuritayaotgan nodavlat teleradiokompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida, “SES” kompaniyasi tashkil etilish tarixi haqida qisqacha ma’lumot berilib, hozirgi kunga qadar Kompaniyaning dunyo bo‘ylab joylashgan ofislari haqida ma’lumotlar berilishi bilan bir qatorda sun’iy yo‘ldosh texnologiyasi sohasida Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmat turlari haqida ma’lumotlar berildi.

Xususan, bugungi kunda Kompaniya o‘z zimmasiga mahalliy operator va kontent provayderlarga hamda mobil aloqa operatorlariga sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ma’lumotlarni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga paketlab yetkazib berish xizmatidan tashqari dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan teleport tarmog‘iga egaligini ma’lum qilib, ushbu tarmoqdan foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari bugungi kunda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va “Radioaloqa radioeshittirish va televideniye markazi” DUK tomonidan teleradiodasturlarini sun’iy yo‘ldosh tizimi orqali tarqatish maqsadida “SES” kompaniyasi bilan shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib xizmatlardan keng ko‘lamda foydalanib kelinmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda Kompaniya sun’iy yo‘ldosh tizimi orqali
8000 tadan ziyod telekallar (ulardan 2765 tasi HD formatda va 50 ta 4K formatda) tarqatayotganligi ma’lum qilindi.

O‘tkazilgan uchrashuv yakunida “SES” kompaniyasi vakillariga seminarda ishtirok etgan ishtirokchilar tomonidan minnatdorchilik bildirilib bu borada kelgusida hamkorlikda ishlarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilishi ko‘zda tutilganligi ta’kidlandi.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Bugungi kunda yurtimizda korrupsiya, “mahalliychilik”, “urug‘-aymoqchilik”, poraxo‘rlik kabi illatlarga...

Soha yangiliklari

Qirg‘iziston iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha davlat xizmati Bishkek shahri byudjetiga...

Kiberjinoyatchilar Bolgariyada soliq yig‘imlari va ijtimoiy to‘lovlarni boshqaruvchi Daromadlar...

Applening iOS 13 operatsion tizimida har qanday insonga qurilmada qayd etilgan yozuvlar,...

E'lonlar

“Unitel” MChJ xabariga ko‘ra, 2019-yil 19-iyul kuni soat 00:00 dan 07:00 ga qadar (II bosqich),...

“Unitel” MChJning xabar berishicha, 2019-yil 18-iyul kuni soat 00:00 dan 07:00 ga qadar Nukus...

“Unitel” MChJ xabariga ko‘ra 2019-yil 14-iyun soat 00:00 dan 06:00ga qadar Samarqand viloyatidagi...