Languages

Toshkent shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish maqsadida, 2018-yilning 16-noyabr kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 1-mavze, 5A-uy, “Katta Chilonzor - 1” MFY mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya (Inspeksiya) hamda Toshkent shahridagi telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan mavjud muammolar, kamchilik va takliflar tinglandi hamda muammoli masalalar bartaraf etildi.

Iste’molchilarni qiziqtirgan barcha savollarga Inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi boshlig‘i va xodimlari, shuningdek, Toshkent shahri hududida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ma’sul xodimlari tomonidan tegishliligi bo‘yicha javoblar berildi.

Uzbek

Inspeksiya yangiliklari

2019-yil 17-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari...

2019-yil 17-may kuni Qashqadaryo viloyati hokimligining majlislar zalida  O‘zbekiston Respublikasi...

2019-yil 17-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari...

Soha yangiliklari

“Роскомнадзор” axborot xizmati xabariga ko‘ra, idora yagona va asosiy davlat imtihonlari javoblarini nazorat-...

Xitoy hokimiyat organlari “Vikipediya” portali faoliyat yuritadigan barcha tillardagi veb-...

Rossiya raqamli taraqqiyot, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning...

E'lonlar

“UMS” MChJning xabar berishicha, 2019-yil 17-may kuni soat 01:00dan 06:00ga qadar Yangiyo‘l shahrida...

“Unitel” MChJ xabariga ko‘ra, 2019-yilning 17-may kuni soat 01:00 dan 05:00 ga qadar PPS ConverseOne...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, 2019-yilning 16 – 27-may kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Qoraqalpog‘...