Languages

Xorazm viloyati Qo‘riqtom qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazildi

Uzbek

2019-yilning 14-may kuni Xorazm viloyati Yangiariq tumanining Qo‘riqtom qishlog‘ida O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Xorazm viloyati xududiy inspeksiyasi boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalari bo‘yicha hisobotlar berib o‘tildi hamda tadbir ishtirokchilarining takliflari va muammolari tinglandi.

Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sohaga doir mahalliy telefon aloqasi, internet xizmatlari va mobil aloqa xizmatlari yuzasidan jami 4 ta murojaatlar kelib tushdi hamda ushbu murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 1 ta murojaat o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinib, Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Sayyor qabul yakunida Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan Xorazm viloyati hududidagi soha korxonalari va mobil aloqa operatorlariga aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli vazifalar berildi.

 

Inspeksiya yangiliklari

2019-yil 17-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari...

2019-yil 17-may kuni Qashqadaryo viloyati hokimligining majlislar zalida  O‘zbekiston Respublikasi...

2019-yil 17-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari...

Soha yangiliklari

“Роскомнадзор” axborot xizmati xabariga ko‘ra, idora yagona va asosiy davlat imtihonlari javoblarini nazorat-...

Xitoy hokimiyat organlari “Vikipediya” portali faoliyat yuritadigan barcha tillardagi veb-...

Rossiya raqamli taraqqiyot, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning...

E'lonlar

“UMS” MChJning xabar berishicha, 2019-yil 17-may kuni soat 01:00dan 06:00ga qadar Yangiyo‘l shahrida...

“Unitel” MChJ xabariga ko‘ra, 2019-yilning 17-may kuni soat 01:00 dan 05:00 ga qadar PPS ConverseOne...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, 2019-yilning 16 – 27-may kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Qoraqalpog‘...