Languages

Xorazm viloyatida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar ishtirokida seminar o‘tkazildi

Uzbek

2019-yil 17-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Urganch filialining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi hamda “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK mutaxassislari tomonidan viloyatdagi mahalliy hokimyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarni Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari kotibiyat mudiri X.Bayjanov ochib berdi. Shundan so'ng Davlat inspeksiyasi hamda “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK xodimlari tomonidan Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha dolzarb mavzularida tayyorlangan ma’ruzalari bilan ishtirokchilarni tanishtirishdi.

Mazkur seminarda viloyatdagi mahalliy hokimyat, shuningdek 80 dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning 150 nafardan ortiq mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga Davlat inspeksiyasi va “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK xodimlari tomonidan javoblar berilib, ishtirokchilarga axborot xavfsizligi ta’minlashga qaratilgan ma’lumotlar jamlangan bukletlar hamda CD disklar taqdim qilindi.

Inspeksiya yangiliklari

Joriy yilning 23-avgust kuni Buxoro viloyati Jondor tuman hokimligining majlislar zalida O‘...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Mobil aloqa operatorlarning Navoiy viloyatidagi 30 dan ortiq dilerlik punktlari rahbar va mas’...

Soha yangiliklari

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

NVIDIA kompaniyasi mutaxassislari Windows drayverlarida jami 5ta GeForce (430.60dan quyida bo‘lgan...

E'lonlar

21.08.2019-yil soat 00:00 dan 06:00 gacha texnik ishlar olib borilishi sababli Termiz shahrida...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan 2019-yil 20 – 21-avgust kunlari soat 00:00...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...