Languages

Yangi boshliq o‘rinbosari tanishtirildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyada 2018 yil 8 noyabr kuni yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Umarov ochib berdi va o‘z nutqi davomida Davlatimiz rahbari tomonidan soha oldiga qo‘yilayotgan ustuvor vazifalar ijrosini, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida “Elektron hukumat” tizimini joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi faoliyat, pochta, aloqa va internet xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilinishini yuzasidan joylardagi ahvolni o‘rganish va nazorat qilish - Inspeksiyaga yuklatilgan asosiy vazifalar ekani, bu yerda sohada kuchli bilim va malakaga ega xodimlar ishlashi lozimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi va Inspeksiya boshliq o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Yuldashev Baxtiyor Abdulhayevich tanishtirildi.

Tadbir so‘ngida Inspeksiya tuzilmaviy bo‘linmlari va hududiy inspeksiyalarga yuklatilgan vazifalar hamda yo‘nalishlar mohiyatiga alohida e’tibor qaratish, faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, ishda samaradorlik va natijadorlikka erishish lozimligi ta’kidlandi.

Uzbek

Inspeksiya yangiliklari

Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuvi xizmati tomonidan 2018 yil oktyabr oyida o‘tkazilgan...

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha...

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʹyicha...

Soha yangiliklari

Joriy yilning 30-noyabridan 2-dekabriga qadar poytaxtimizda Open Data Challenge-2018 (Xakaton) —...

2018 yil 10 sentabrdan boshlab yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya...

Toshkent shahar telefon tarmog‘ida 10-sentabrdan 30-sentabrgacha 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish...

E'lonlar

2018-yil 22-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini...

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste'molchilarning...