Languages

Windows-zararli dasturi “o‘lja kompyuter”ga proksi joylashtirmoqda

Uzbek

Windows-zararli dasturi “o‘lja kompyuter”ga proksi joylashtirmoqda. Zarar keltiruvchi SystemBC nomini olgan va uning ajralib turuvchi jihati — deyarli har doim boshqa zararli dasturlar bilan komplekt holda harakatlanadi. Yangi kibertahdidni Proofpoint ekspertlari tahlil qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, mualliflar o‘z mahsulotini xakerlik mavzusidagi forumlarda sotishga urinmoqda.

SystemBC boshqa zararkunandani joylashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etadi. Masalan, troyan ishlab chiquvchilar proksi komponentni integratsiyalab undan komputerlarga hujum uyushtirish maqsadida foydalanishi mumkin.

SystemBCning asosiy vazifasi lokal fayrvollarni aylanib o‘tadigan boshqa zararli dastur uchun tunnel ochadigan SOCKS5 proksi-serverini yaratishdan iborat. Shuningdek, dastur content filtratsiyasini aylanib o‘tish va C&C buyruqlar severiga ulanishda ham asqotadi. Proofpoint jamoasi ilk bor SystemBC ni aprel oyidagi forumlarda uchratgan. Mayda esa ushbu zararli dasturning harakatlanishi Internetga ko‘chgan.

Mualliflar mahsulotlarini asosan boshqa zararli dasturlar ishlab chiquvchilarga sotmoqda. Ular esa o‘z viruslariga qo‘shimcha sifatida foydalanmoqda.

Oxirgi oylarda SystemBC RIG va Fallout eksploytlari to‘plami bilan birga tarqatilmoqda.

Inspeksiya yangiliklari

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan taqdim etilgan hujjatlar...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

E'lonlar

“UMS” MChJ mobil aloqa operatori tomonidan Toshkent shahri, A.Temur ko’chasida rejalashtirilgan texnik...

“UMS” MChJ mobil aloqa operatori tomonidan Toshkent viloyati, Chirchik shahri, Navoiy ko’chasida...

“UMS” MChJ mobil aloqa operatori tomonidan transport tarmog‘ida texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, qo‘...