Languages

  • Eng
  • Рус
  • Uzb

Qishloq xo‘jaligi vazirligida sohaga AKTni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi

Uzbek

Joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi binosida vazirlik xodimlarining axborot kommunikasiyalari va telekommunikatsiyalar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, davlat organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda axborot xavfsizligi me’yorlariga amal qilish va boshqa muhim masalalarga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, O‘zkomnazorat boshlig‘i o‘rinbosari O. Xolmuhamedov va inspeksiyaning Axborot texnologiyalari sohasida nazorat bo‘limining mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zkomnazorat bosh mutaxassisi F. Rahmonov bugungi kunda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishdagi ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalari, jumladan “Elektron hukumat”ni rivojlantirish, davlat organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga qaramligi va ulardan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida so‘z yuritdi.

Tadbir yakunida vazirlik xodimlarini qiziqtirgan savollarga, jumladan Saylov-2019 axborot tizimining parlament saylovlari davomida uzluksiz ishlashini ta’minlash, IMEI tizimining joriy etilganligining foydali tomonlari haqida fikr almashildi.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan joriy...

2019-yilning 3-dekabr kuni O‘zkomnazorat boshlig‘i A. Xodjayev Xorazm viloyati hududidagi soha...

2019-yilning 3-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida O‘zkomnazorat boshlig‘i A....

Soha yangiliklari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

E'lonlar

O‘zkomnazorat “Unitel” MChJ kompaniyasining Toshkent shahridagi kommutatsiya markazi modernizatsiya...

2019 yil 27 noyabr soat 00:00 dan 2019 yil 10 dekabr soat 02:00 ga qadar “UMS” MChJ mobil aloqa...

2019 yil 29 noyabr soat 00:00 dan 02:00 ga qadar “Unitel” MChJ mobil aloqa operatori tomonidan...