Languages

Хorazm viloyatida qurilishi tugallangan telekommunikatsiya obyektlari foydalanishga qabul qilindi

Uzbek

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining qurilishi tugallangan ob‘yektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan Davlat inspeksiyaning Хorazm viloyati hududiy inspeksiyasi ma’sul xodimlari 2019-yilning noyabr oyida “UMS” MChJ (“MobiUz”)ning Xorazm viloyatidagi qurilishi tugallangan jami 54 ta 3G standartidagi telekommunikatsiya obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasida ishtirok etdi.

Taqdim etilgan qurilishi tugallangan telekommunikatsiya obyektlar hujjatlar to‘plamini tahlil qilish hamda joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar berildi va mobil aloqa operatori tomonidan kamchiliklar bartaraf etilgach, da telekommunikatsiya obyektlari foydalanishga qabul qilindi.

Obyektlarning ishga tushirilishi Xorazm viloyatida ko‘rsatilayotgan mobil aloqa va internet xizmatlari sifati yanada yaxshilanishini ta’minlaydi.

Ma’lumot uchun, Xorazm viloyatida “UMS” MChJ aloqa operatori qariyb 183 mingta abonentga xizmat ko‘rsatadi. Shulardan 118 mingga yaqini mobil internet xizmatlaridan foydalanadi.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan joriy...

2019-yilning 3-dekabr kuni O‘zkomnazorat boshlig‘i A. Xodjayev Xorazm viloyati hududidagi soha...

2019-yilning 3-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida O‘zkomnazorat boshlig‘i A....

Soha yangiliklari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

E'lonlar

O‘zkomnazorat “Unitel” MChJ kompaniyasining Toshkent shahridagi kommutatsiya markazi modernizatsiya...

2019 yil 27 noyabr soat 00:00 dan 2019 yil 10 dekabr soat 02:00 ga qadar “UMS” MChJ mobil aloqa...

2019 yil 29 noyabr soat 00:00 dan 02:00 ga qadar “Unitel” MChJ mobil aloqa operatori tomonidan...