Languages

“O‘zkomnazorat” DIda “UNITEL” MChJ rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uzbek

2020 yil 20 martda “O‘zkomnazorat” DIda inspeksiya boshlig‘i A.Xodjayev va “UNITEL” MChJning bosh direktori S.Afonin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, uchrashuvda “O‘zkomnazorat” DIdan – boshliqning birinchi o‘rinbosari D.Rustamov va boshliq o‘rinbosari A.Matkarimov, mobil operatori tomonidan – texnik direktor Y.Klyuchev va davlat organlari bilan hamkorlik bo‘yicha direktor S. Muxammadiyev ishtirok etdilar.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha mamlakatda IKT qamrovini kengaytirish, mobil aloqalari va Call-markaz ishi sifatini yaxshilashga doir masalalar muhokama qilindi.

“UNITEL” MChJ rahbariyati 500 dan ortiq aholi punktlari, shuningdek, respublikaning chekka hududlarida joylashgan 70 ga yaqin aholi punktlarini mobil aloqalarining 2G va 4G (LTE) standartlari bo‘yicha qamrab olishni rejalashtirayotganlarini ma’lum qildi.

Shu jumladan, karantin davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha Call-markazlarning uzluksiz ishlashiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar barcha dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Inspeksiya yangiliklari

Karantin sharoitida firibgarlarning keksa yoshdagi odamlarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini volontyor...

O‘zbekiston Markaziy bankining koronavirus pandemiyasi oqibatida tijorat banklari tomonidan...

Samarqand viloyati, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.A. Internet xizmati 2 oydan buyon...

Soha yangiliklari

Xorazm viloyatining bir qator olis aholi yashash maskanlarida raqamli televideniye faqat...

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

E'lonlar

“O‘zkomnazorat” DI Xorazm viloyati Urganch shahrida “Unitel” MChJ kommutatsion markazi modernizatsiya...

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi “UMS” MChJning Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi obyekti ijarasi...

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi 2020-yilning 17-mart kuni soat 00:00 dan 06:00 ga qadar “UMS” MChJ...