Languages

“O‘zkomnazorat”dan faktcheking: Din Kunsning romanida koronavirus bashorat qilingani feyk xabar bo‘lib chiqdi

Uzbek

Yevropada, MDH davlatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik taniqli fantast yozuvchi, qo‘rqinchi asarlar muallifi Din Kunsning “Zulmatning ko‘zlari” romanida COVID-19 koronavirusi haqida bashorat qilingani haqida turli fotosuratlar, skrinshotlar tarqaldi. 1981-yilda chop etilgan ushbu kitobda go‘yoki nafas yo‘llarini zaharlaydigan biologik qurol – “Uxan-400” virusi butun dunyo bo‘ylab tarqalishi va ushbu jarayon 2020-yilda sodir bo‘lishi bashorat qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda qurolning aynan Uxan shahrida biolaboratoriyada kashf qilinishi va Xitoy tomonidan butun dunyoda tarqatilishi yozilgani haqida maʼlumotlar tarqalgan. Avval boshidan ko‘pchilik tanqidchilar ushbu axborotga shubha bilan qaradi va vahimaga berilayotgan olomonga ushbu maʼlumotga ishonmaslik tavsiya qilindi.

Keyinchalik tarqalgan fotosuratlar boshqa bir kitobdan xolis yozishni bilmaydigan amerikalik yozuvchi ayol Silviya Braun tomonidan yozilgan bashoratlar ekani maʼlum bo‘ldi. Ekstrasenslikni daʼvo qiluvchi adiba o‘n yildan beri 2020-yilda epidemiya bo‘lishini bashorat qiladi va faqat pnevmoniya haqida yozadi.

“Zulmatning ko‘zlari” romanidagi virus esa aslida Xitoyda tarqalmaydi, aksincha Sobiq Ittifoq hududida kashf qilinib nomi ham “Uxan-400” emas, balki “Gorki-400”. Virusning nomi va u tarqalgan hudud 2008-yilda almashtirilgan, Berkley nashriyoti tomonidan qayta nashr qilingan, ushbu nusxa Amazon tarmog‘ida sotilmoqda.

Ushbu harakatni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad nima ekani haligacha nomaʼlum. Shuningdek, ushbu romandagi koronavirus hozirgi COVID-19dan ancha kuchliroq, juda tez o‘limga olib boradi, inkubatsion davri 14 kundan ancha kam, davosi yo‘q infeksiya. 

“O‘zkomnazorat” koronavirus pandemiyasi sabab  karantin eʼlon qilingan vaqtda o‘zbek adabiyotining durdona asarlarini, jahon adabiyoti vakillarining kitoblarini o‘qishni tavsiya etadi. Bu kabi skrinshotlar, fotofaktlarga, eski gazetalardan olingan hamda butunlay boshqa koronavirus haqida gap borayotgan axborotlarga ishonmang. Kerakli maʼlumotlarni ishonchli va rasmiy manbalardan o‘qing:

@koronavirusinfouz
coronavirus.uz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Inspeksiya yangiliklari

Avval Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va...

Avval Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va...

“O‘zkmonazorat” davlat inspeksiyasi 2020 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar, kelib...

Soha yangiliklari

Xorazm viloyatining bir qator olis aholi yashash maskanlarida raqamli televideniye faqat...

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

E'lonlar

“O‘zkomnazorat” DI 2020-yil 20-may kuni “UMS” MChJ tayanch stansiyasida montaj ishlari amalga oshirilgani ...

“O‘zkomnazorat” DI 2020-yil 26-may kuni Toshkent, Termiz va Nukus shaharlarida dasturiy ta’minotni...

“O‘zkomnazorat” DI 2020-yil 19-may kuni Qarshi va Urganch shaharlarida dasturiy ta’minotni yangilash,...