Languages

O‘ZKOMNAZORAT: Karantin sharoitida mobil ilovalarni yuklab olish va o‘rnatishda e’tiborli bo‘ling!

Uzbek

Butun dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi karantin e’lon qilingani tufayli xorij OAVning qayd etishicha oxirgi ikki hafta ichida Internetdan foydalanish ko‘rsatkichi 35 foizga o‘sgan. Uyda o‘tirgan foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismi ijtimoiy tarmoqlarga e’tibor qaratishi internet-firibgarlar faollashuviga olib keldi.

Odatda mobil qurilmaga ilovani yuklab o‘rnatib olayotganda uning ishlashi uchun talab etiladigan shartlarga e’tibor qilmaymiz va tezda ruxsat berib yuboramiz, ba’zida biz oddiy deb hisoblagan dastur qurilma ichki xotirasiga kirib u yerdagi ma’lumotlar: multimedia fayllari, geojoylashuv, kontaktlar, Wi-Fi tarmog‘i axborotlarlarini va boshqa materiallarni to‘plashi mumkin. Masalan, “Gapiruvchi Tom 2” o‘yinining original versiyasi faqat mikrofondan foydalanish uchun ruxsat so‘raydi, lekin noaniq joydan yuklab olingan soxta versiyasi esa SMS-xabarlarini yuborish va o’qish uchun ruxsat berishingizni so‘raydi, shu tariqa parollar va bank kartalariga kirish kodlari uchinchi shaxslar ixtiyoriga o‘tishi kuzatiladi. 

“O‘zkomnazorat” DI foydalanuvchilardan mobil ilovalarni yuklash va o‘rnatishda dasturning qaysi operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat so‘rayotganiga e’tibor berishni, agar bu kabi ruxsatlar soni asossiz ravishda ko‘p bo‘lsa ushbu programmani ishlatishdan voz kechishni tavsiya qiladi.  

Google Play Marketda mobil ilovalar ko‘p, Google kompaniyasi davriy ravishda ularning zararli funksiyalarini tekshirib, bu kabi josus dasturlarni tizimidan o‘chirib boradi. Taniqli servis orqali xavfli dasturlarning tarqalishi qiyin kechishi tufayli, firibgarlar bu kabi ilovalarni tarqatishning boshqa usullaridan foydalanmoqda. 

Koronavirus tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanayotgan internet firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z ilovalari orqali bank hisob raqamlari, shaxsiy fotosuratlar, pochta xabarlari va boshqalarni o‘g‘irlashga urinmoqda.

“O‘zkomnazorat” DI Google kompaniyasi ham ijtimoiy tarmoqlarda APK-fayl shaklida tarqalayotgan ilovalarni yuklab olmaslikni tavsiya etganini eslatadi. Agar Google Play Marketda yoki boshqa rasmiy internet do‘konlarda kerakli mobil dasturni topa olmasangiz, ilovani ishlab chiqargan kompaniyaning rasmiy saytiga kiring va u yerdan APK-faylni yuklab oling.

@koronavirusinfouz
coronavirus.uz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Inspeksiya yangiliklari

Avval Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va...

Avval Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va...

“O‘zkmonazorat” davlat inspeksiyasi 2020 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar, kelib...

Soha yangiliklari

Xorazm viloyatining bir qator olis aholi yashash maskanlarida raqamli televideniye faqat...

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

E'lonlar

“O‘zkomnazorat” DI 2020-yil 20-may kuni “UMS” MChJ tayanch stansiyasida montaj ishlari amalga oshirilgani ...

“O‘zkomnazorat” DI 2020-yil 26-may kuni Toshkent, Termiz va Nukus shaharlarida dasturiy ta’minotni...

“O‘zkomnazorat” DI 2020-yil 19-may kuni Qarshi va Urganch shaharlarida dasturiy ta’minotni yangilash,...