Kiber hujumlardan ko’rilayotgan yillik zarar 400 mlrd dollarini tashkil etadi

Microsoft kompaniyasining hisoblariga ko‘ra 2020 yilga borib jahon iqtisodiyoti kompyuter jinoyatidan jami 3 trillion dollar zarar ko‘radi.

Kiberhujumlar tufayli dunyodagi barcha kompaniyalarning to‘gridan-to‘g‘ri yo‘qotishlari yilliga 400 mlrd dollarga yetdi. Ushbu ma’lumotlarni Microsoft bosh yuristi o‘rinbosari Jean Byors 13 oktabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan CyberCrimeCon kiberxavfsizlik anjumanida ta’kidladi.

2020 yilga kelib, umumiy zarar 3 trillion dollarga yetadi. Byorsning so‘zlariga ko‘ra har yili 550 mlndan ortiq kishi kiber jinoyatchilar qurbonlariga aylanadilar.

Manba: http://www.anti-malware.ru/

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish