Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

BlueBorne virusi

Wired nashriyoti ma’lum qilishicha, Armis Labs kompaniyasi mutahassislari foydalanuvchilar ishtirokisiz smartfonlarni Bluetooth orqali tarqalib zararlovchi yangi virusni aniqlashdi.

Buzg‘unchilikni yangi uslubiga BlueBorne nomi berildi. U Bluetooth protokolining zaifliklaridan foydalanib bir qurilmadan boshqasiga o‘tadi. Virus bu harakatlarini foydalanuvchilarni shubhalantirmasdan bajaradi, deb yozadi www.rbc.ru.

Armis Labs tadqiqot bo‘liminig rahbari Ben Seri ning so‘zlariga qaraganda BlueBorne WannaCry virusi kabi ommaviy infektsiyaga olib kelishi mumkin. Yaqin atrofdagi Bluetooth yoqiq bo‘lgan qurilmalarning zaifliklarini aniqlagandan so‘ng, dasturga zararlash uchun o‘n soniya yetadi.

Uchta operatsion tizim ishlab chiqaruvchilari zaifliklarni bartaraf etish uchun dasturiy yangiliklarni ishlab chiqganini ma‘lum qilishdi. Apple’da, BlueBorne iOS 10 yoki undan yangi versiyalar uchun xavf tug’dirmasligini e’lon qildi, Windows tegishli kamchiliklarni iyuldayoq bartaraf etgan, Google yangilanishni avgustda e’lon qildi biroq uni o‘rnatishga biro z vaqt talab etiladi.

"Kasperskiy laboratoriyasi" ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yil aprelidan 2017 yil martiga qadar dunyodagi taxminan 2,5 million foydalanuvchi kriptografik viruslar bilan zararlangan.

Manba: https://www.anti-malware.ru/news/2017-09-17-3/24087

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish