Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrug‘iga asosan “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan “Telekommunikatsiya tarmoqlari. Ma’lumotlar uzatish xizmatlarining sifat ko‘rsatkichlari va normalari” davlat standarti qabul qilindi. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu standartni qabul qilinishi juda muhim voqea, chunki ma’lumotlarni uzatish xizmati foydalanuvchilaridan kelib tushayotgan aksariyat murojaatlarda Internet Provayderlar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarni uzatish xizmatlarining tezlik va sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilmoqda.

Mazkur standartda ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari sifat ko‘rsatkichlari va normalari keltirilgan bo‘lib, ushbu standart telekommunikatsiya operatorlari va telekommunikatsiya xizmatlarining provayderlari uchun ma’lumotlar uzatish xizmatlarini ko‘rsatishda majburiy hisoblanadi.

Ushbu standartning amalga kiritish sanasi 2018 yil 10 mart qilib belgilanganligini inobatga olgan holda ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlar va provayderlar 2018 yil 1 fevralga qadar telekommunikatsiya tarmoqlarini sifat ko‘rsatkichlarini ushbu standart talablariga muvofiqlashtirishi, foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni, doimiy ravishda taqdim etilayotgan xizmatlar muvofiqligini va nazoratini ta’minlash, mijozlarini ushbu standart bilan tanishishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, veb-sayt va ommaviy ofertada izohlar kiritishi shart.

Ma’lumot uzatish xizmatlarining sifat ko‘rsatkichlari telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish