Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Endilikda telefon aloqasi uchun 9 ta raqam teriladi

2018 yildan O‘zbekiston telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o‘tadi. Bunday tizimga o‘tish to‘g‘risida qaror Xalqaro elektr aloqa uyushmasining tavsiyalari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari raqamlari tizimi va rejasi" talablariga muvofiq qabul qilingan. Bu haqda "O‘ztelekom" kompaniyasi matbuot xizmati o‘zining Facebook'dagi sahifasida xabar qildi.

2018 yilda telefon raqamlari yana ikkitaga uzayadi. Endilikda avval terilmagan hudud kodi teriladi, bu bilan shaharlararo raqamlarni terish jarayoni soddalashadi.

"7 belgili raqamlardan 9 belgili raqamlarga o‘tish - davr talabi. Bu mobil aloqa operatorlarining raqamlar zahirasi deyarli tugagani, aloqa xizmatlariga bo‘lgan talab esa kundan-kunga ortib borayotgani bilan izohlanadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida keltirilgan hujjatga muvofiq bir necha yil avval tezkor xizmatlarning telefon raqamlari soni ham o‘zgargan edi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish