Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

"Globallashuv davrida raqamli kun tartibi" xalqaro forumi ish boshladi

Bugun Olmaotada "Globallashuv davrida raqamli kun tartibi" mavzuidagi xalqaro forum o‘z ishini boshlaydi. Forum bosh maqsadi zamonaviy trend va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.

Forumda MDH davlatlarining hukumat rahbarlari hamda mas’ul idora va tashkilotlar, shuningdek, biznes va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi. Forumga AKT sohasining raqamli texnologiyalar yo‘nalishida yetakchi hisoblangan xalqaro ekspertlar taklif qilingan.

"Globallashuv davrida raqamli kun tartibi" xalqaro forumida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Manba: mitc.uz

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish