Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan 2017 yil 31 may kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida o’n nafar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-sonli farmoni mazmun mohiyati, qurilishi tugallangan ob’yektlarni davlat qabul qilish komissiyasiga topshirish jarayonlari to‘g‘risida hamda o‘rnatilgan va foydalanib kelinayotgan qurilmalarni sertifikatsiyalash, shuningdek o‘lchov vositalarini metrologik ta’minotiga doir masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda “Aloqa to‘g‘risida”gi, “Radiochastotalar spektri to‘g‘risida”gi” Qonunlari, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 nоyabrdagi 458-sоn qarоriga muvоfiq amalga kiritilgan “Tеlеkоmmunikatsiyalar sоhasidagi faоliyatni litsеnziyalash to‘g‘risida” Nizоm”, O‘zbеkistоn Rеspublikasi Adliya vazirligi tоmоnidan 2005 yil 7 dеkabrda 1531-sоn bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilgan “O‘zbеkistоn Rеspublikasi hududida radiоchastоta spеktri va radiоelеktrоn vоsitalaridan fоydalanishni tartibga sоlish to‘g‘risida” Nizоm” kabi qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mоhiyati to‘g‘risida tadbirda ishtirоk etgan fuqarо va tadbirkоrlik sub’еktlariga atrоflicha tushunchalar bеrildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga o‘z faoliyatida qabul qilingan normalar va qonunosti hujjatlari talablariga rioya etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish