Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

“O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Axborot-Hisoblash Markazi” DUKda tekshirish o‘tkazildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan joriy yilning may oyida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan 2017 yil uchun tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Axborot-Hisoblash Markazi” DUKda (korxona) tekshirish o‘tkazildi.

Tekshirish jarayonida korxonada aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mavjudligi, standartlar, texnik reglamentlar, sifat ko‘rsatkichlarning amaldagi normalarga muvofiqligi va litsenziya kelishuvi shartlarining bajarilishi, shuningdek Inspeksiya vakolati doirasida boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshirish natijalari yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli ko‘rsatma hamda tavsiya berildi. Ko‘rsatmaning bajarilishi Inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.

O‘tkazilgan tekshirish natijalari yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Aniqlangan kamchiliklarni ayrimlarini tekshirish jarayonida bartaraf imkoniyat yaratildi va amaliy yordam berildi. Qolgan kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga ko‘rsatma berildi. Ko‘rsatmaning bajarilishi Inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish