Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarida o‘rganish o‘tkazildi

Аloqа, ахbоrоtlаshtirish vа tеlеkоmmunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan joriy yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (Qo‘mita) va uning hududiy boshqarmalarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish va rivojlantirish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida Qo‘mitada AKTni joriy etish va rivojlantirish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Xususan Qo‘mita tomonidan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida rasmiy veb –sayti orqali “Bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish”, “Yuklarni vaqtincha olib kirish (chiqish)ga ruhsat olish uchun elektron ariza taqdim etish”, “Jismoniy shaxslar tomonidan davlat chegarasini avtotransport vositalarida kesib o‘tilishi to‘g‘risida Davlat bojxona xizmati organlariga oldindan ma’lumot taqdim etish”, “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va taqdim etish” va yana shunga o‘xshash bir qancha elektron xizmatlarni samarali ko‘rsatayotganligi aniqlandi.

Shunungdek, o‘rganish yakunida AKTni joriy etish va rivojlantirish holati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va AKTni yanada rivojlantirish bo‘yicha xulosa va takliflar berildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish