Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida o‘rganish o‘tkazildi

Аloqа, ахbоrоtlаshtirish vа tеlеkоmmunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan joriy yilning avgust oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Kengash)da axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish va rivojlantirish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davrida o’rganish guruhi tomonidan AKT doir 16 ta kamchiliklar aniqlandi. Inspeksiya tomonidan ko’rsatilgan amaliy yordam natijasida Kengash tomonidan mazkur kamchiliklarning 7 tasi bartaraf etildi.

Shuningdek, mazkur o‘rganish davrida Inspeksiya tomonidan Kengashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi PF-4609-son farmoni mazmuni va mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminarda Kengash xodimlariga farmonda belgilangan ustuvor vazifalar haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir yakunida, barcha ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilinib, Kengash vakillari bergan savollarga Inspeksiya xodimlari tomonidan javob berildi.

Shu bilan birga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda AKTni joriy etish va rivojlantirish holatini yaxshilash yuzasidan Inspeksiya tomonidan Kengashga tegishli xulosa va takliflar berildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish