Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Aloqa yo‘llari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalariga amal qilinmagan

Muynoq tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan jismoniy shaxs tomonidan «O‘zbektelekom» AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga qarashli Muynoq-Qo‘ng‘irot tumanlararo bog‘lovchi optik tolali aloqa kabeli o‘tgan hududda aloqa korxonasi bilan kelishilmagan holda yer qazish ishlari olib borilishi natijasida aloqa kabeli uzib yuborilgan.

Ushbu holat yuzasidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi tomonidan o‘z vakolati doirasida ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Jismoniy shaxs tomonidan «Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari»ga amal qilinmaganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksning 154-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘rildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish