Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

“NETKA TELEKOM” MCHJda tekshirish o‘tkazildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari soҳasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan joriy yilning avgust oyida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan 2017 yil uchun tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan internet, IPTV va kabel televidinie xizmatlarini ko‘rsatuvchi “NETKA TELEKOM” MCHJ (jamiyat) faoliyati tekshirildi.

Tekshirish jarayonida jamiyatda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mavjudligi, standartlar, texnik reglamentlar, sifat ko‘rsatkichlarning amaldagi normalarga muvofiqligi va litsenziya kelishuvi shartlarining bajarilishi, shuningdek Inspeksiya vakolati doirasida boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshirish natijalari yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Aniqlangan kamchiliklarning ayrimlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tekshirish o‘tkazilayotgan davrning o‘zida bartaraf etish imkoniyati yaratildi va kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam berildi hamda qolgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli ko‘rsatma berildi. Ko‘rsatmaning bajarilishi Inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish