Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Yakkasaroy tumanida sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tomonidan Toshkent shahrida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari ishtirokida 2017 yilning 29 sentabr kuni Yakkasaroy tumanidagi “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan mavjud muammolari, kamchilik va takliflari tinglandi hamda bir qator muammoli masalalarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Iste’molchilarni qiziqtirgan barcha savollarga Inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi xodimlari, shuningdek Toshkent shahri hududida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mas’ul xodimlari tomonidan tegishli va to‘liq javoblar berildi. Fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish