Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Singapur delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017 yil 6 oktabr kuni Singapurning Davlatlararo hamkorlik agentligi (SCE), “KDI Asia Pte., Ltd” kompaniyasi va Singapur Milliy universiteti Elektron Hukumat markazi Delegatsiya vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 10 oktabr kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasida (Inspeksiya) Davlatlararo hamkorlik bo‘yicha davlat agentligi direktori Eric LEE boshchiligidagi Singapur delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida Toshkent shahar va hududlarda mobil telefon, internet, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari sifat nazorati qanday olib borilishi va qonun buzilishi holatlarida ta’sir choralarini qo‘llash mavzularida muhokama qilindi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining "Elektron hukumat" tizimining asosiy masalalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, kelajakda ikki davlatlar o‘rtasida AKTni hamda telekommunikatsiya tarmog‘ini keng joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish