Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Farg‘ona viloyati “Matbuot tarqatuvchi” sho‘ba korxonasining Marg‘ilon shaxar bo‘limi va matbuot kioskalarida o‘rganish o‘tkazildi

Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida 2017 yilda hamkorlikda ishlash yuzasidan imzolangan Kelishuvga asosan joriy yil oktabr oyida Farg‘ona viloyati “Matbuot tarqatuvchi” sho‘ba korxonasining Marg‘ilon shaxar bo‘limi va 6 ta matbuot kioskasida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida sohaga tegishli normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, matbuot tarqatish xizmatlarini ko‘rsatish sifati ko‘rib chiqildi va bir qator kamchiliklar aniqlandi.

O‘rganish natijalari Farg‘ona viloyati “Matbuot tarqatuvchi” sho‘ba korxonasi xodimlari bilan birgalikda muhokama qilindi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bajarilishi Inspeksiyaning Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan nazoratga olindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish