Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasiga 2017 yilning oktabr oyi davomida kelib tushgan murojaatlar

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining “1144” raqamli ishonch telefoni orqali Toshkent shahar hududiy bo‘linmasiga 2017 yilning oktabr oyi davomida 113 ta murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlar o‘rganilganda, murojaatlar ma’lumotlarni uzatish, telekommunikatsiya, pochta aloqasi va davriy matbuotni tarqatish xizmatlari sifatsiz taqdim etilayotganligi yuzasidanligi aniqlangan.

Mazkur murojaatlar belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan. 113 ta ko‘rib chiqilgan murojaatlardan 12 tasi korxonalar aybi bilan vujudga kelganligi aniqlangan. Asosli murojaatlar bo‘yicha o‘z vaqtida ishlar bajarilmaganligiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan.

Toshkent shahаr, Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning internet xizmatlariga ulanish yuzasidan hamda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning elektron pul jo‘natmasi yuzasidan Inspeksiyaga qilgan murojaatlari Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ijobiy hal etilganliganligi bois murojaatchilar tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish