Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Ispeksiyaning Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasiga kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmoqda

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan kelib tushgan murojaatlar o‘rnatilgan tartibda o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ularda ko‘tarilgan muammoli masalalar ijobiy hal qilib berilmoqda.

Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasiga 2017 yilning noyabr oyi boshidan hozirgi kunga qadar 111 ta murojaatlar kelib tushgan, murojaatlardan 65 tasi ishonch telefonidan va 46 tasi yuqori turuvchi tashkilotlardan bo‘lgan.

Kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda murojaatlarning asosiy qismi telekommunikatsiya, mobil aloqa xizmatlari va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i orqali taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatsizligi yuzasidanligi aniqlangan.

Murojaatlar sonining oshishining oldini olish maqsadida Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan sayyor qabullar, ochiq eshiklar kunlari tashkil etildi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, davriy matbuot nashrlarini tarqatish, pochta va mobil aloqa sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar taqdim etilgan.

Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan murojaatlari ijobiy hal bo‘lgan fuqarolar tomonidan minnatdorchiliklar bildirilgan.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish