Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

“O‘zbektelekom” AK Andijon filiali Ulug‘nor telekommunikatsiyalar bog‘lamasida o‘rganish o‘tkazildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi va “O‘zbektelekom” AK Andijon filiali o‘rtasida imzolangan 2017 yil o‘rganishlar o‘tkazish reja-jadvaliga asosan joriy yil noyabr oyida Filialning Ulug‘nor telekommunikatsiyalar bog‘lamasida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘rganish jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar talablari bajarilishi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligi, texnik vositalarning holati va ularga muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi, metrologik ta’minotning yo‘lga qo‘yilganligi, tariflarni to‘g‘ri qo‘llanilganligi, telekommunikatsiyalar tarmog‘ini rivojlantirish va samaradorligini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan olib borilgan ishlar, shuningdek Inspeksiya vakolati doirasiga kiruvchi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi va bir qator kamchiliklar aniqlandi. O‘rganish natijalari Ulugʻnor telekommunikatsiyalar bog‘lamasi xodimlari bilan birgalikda muhokama qilindi.

Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ulug‘nor telekommunikatsiyalar bog‘lamasi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Сhora-tadbirlar rejasining bajarilishi Inspeksiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan nazoratga olindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish